Qiyosiy afzallik – bir mamlakatda yaratilgan ma’lum bir tovarning
ikkinchi mamlakatga qaraganda nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab
chiqarilishi.
Qisqa muddatli sikl – iste’mol tovarlariga bo‘lgan bozor talabi va
takliflari muvozanatining buzilishi va tiklanishi.
Qisqaruvchi tarmoq – o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra yalpi
ichki mahsulot tarkibidagi ulushi qisqarib boruvchi qishloq xo‘jaligi.
Qo‘shilgan qiymat – bu har bir korxona, firma tomonidan yaratil-
gan mahsulotning bozor narxida ifodalangan hajmi bo‘lib, undan sotib
olib ishlatilgan xomashyo, materiallar chegirib tashlanadi.
Hisob stavkasi – MB tomonidan tijorat banklariga beriladigan
kredit stavkasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |