Ichki xarajatlar – ishlab chiqarish xarajatlarida korxonaning o‘z
ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi.
Ish kuchi migratsiyasi – turli sabablarga ko‘ra ishchi kuchining bir
yerdan boshqa joyga ko‘chishi.
Ish haqi – YaIMdagi mehnat omilining ulushi, bajarilgan ishga
qarab to‘lanadigan haq. Mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va
taklifning muvozanatiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish – insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish jarayoni.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi – mavjud iqtisodiy
resurslardan to‘la foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab
chiqarish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i – mavjud resurslardan
to‘la foydalanish evaziga turli kombinatsiyalarda eng ko‘p mahsulot
ishlab chiqarishning grafikda ifodalanishi.
362
Do'stlaringiz bilan baham: |