Кo‘pchilik tadqiqotchilar fikricha global muammolarning tur-
li-tumanligiga qaramay, ular jahon iqtisodiyotining boshqa
muammolaridan ajratib turuvchi umumiy xususiyatlarga ega.
Bular quyidagilar:
umumjahon xarakteriga ega, ya’ni butun insoniyat (hech bo‘l-
maganda uning katta qismi) taqdiri va manfaatiga daxldor;
insoniyatning hayoti, jamiyat taraqqiyotiga xavf soladi. Hatto
kishilik jamiyati sivilizatsiyasiga xavf tug‘diradi;
o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq;
dunyo hamjamiyatining birgalikda faoliyat yuritishini talab
qiladi;
tez, kechiktirib bo‘lmaydigan qaror qabul qilishni zarur qilib
qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |