Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari Erkin savdo zonalari
Iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli
bo‘lib, uning doirasida ishtirokchi mam-
lakatlar o‘rtasidagi savdo cheklanishlari bekor
qilinadi. Yevropa erkin savdo uyushmasi va
MDH davlatlari o‘rtasidagi ayrim o‘zaro
bitimlar bunga misol bo‘la oladi.
301
Boj ittifoqi
Bu shakl yagona tashqi savdo boj ta’riflari
o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan
yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo
qiladi. Bunga Yevropa Ittifoqi yorqin misol-
dir.