Iqtisodiyotni tartibga solish nazariyasidagi neoklassik
yo‘nalishlar:
Birinchi oqim: keyns ta’limoti izdoshlari bo‘lib, davlatning
iqtisodiyotga faol aralashuvi g‘oyasini himoya qilishni davom
ettiradi.
Ikkinchi oqim: «Neokonservatizm» deb atalib, ular davlat
xususiy firmalar va xo‘jalik faoliyatiga aralashmasligi zarur degan
qarashni yoqlab chiqadi. Ular o‘z qarashlarini quyidagi dalillar
bilan asoslaydi.
Davlatning yalpi talabni rag‘batlantirishi budjet taqchilligiga
olib keladi. Uni pul emissiya qilish orqali qoplash inflatsiyani
vujudga keltiradi.
Davlatning daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan harakati
soliqlarning o‘sishiga sabab bo‘ladi va bu tadbirkorlik faoliyati
susayishi va foydaning kamayishi bilan birga boradi. Natijada
iqtisodiyotda stagflatsiya holati kuzatiladi.
253
Do'stlaringiz bilan baham: |