20. Yalpi milliy mahsulotni hisoblashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi? A) davlat budjetidan ijtimoiy to‘lovlar;
V) qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish;
S) xususiy ijtimoiy to‘lovlar;
D) ishlatilgan tovarlarni sotish;
E) yuqoridagilarning barchasi.
21. Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri? A) YaMM – sof eksport = SMM;
V) YaMM – amortizatsiya =SMM;
S) YaMM – egri soliqlar =SMM;
D) YaMM – joriy moddiy xarajatlar = SMM;
E) YaMM – to‘g‘ri soliqlar = SMM.
22. Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri? A) SMM – amortizatsiya = milliy daromad;
V) SMM – egri soliqlar = milliy daromad;
S) SMM – ish haqi = milliy daromad;
D) SMM – to‘g‘ri soliqlar = milliy daromad;
E) SMM – sof eksport = milliy daromad.
23. YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblashda sarflarning qanday turlari hisobga olinadi? A) uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari;
V) yalpi xususiy investitsiya sarflari;
S) davlat sarflari;
D) sof eksport;
E) yuqoridagi sarflarning barchasi.