funksional, polifunksional birikmalar bir nechta bir хil funksional guruhlarga ega bo’ladi.
Geterofunksional birikmada bir necha хil funksional guruhlar mavjuddir.
Organik birikmalarning funksional guruh tabiatiga va soniga ko’ra turkumlanishi
Organik birikmalarning asosiy sinflari
Sinfning nomi
Umumiy
formulasi
Funksional guruh
yozilishi
nomlanishi
Galogen hosilalari
R−Hal
−Hal
(−F, −Cl, −Br, −I)
galogen
Spirtlar, fenollar
R−OH
−OH
gidroksil
Tiospirtlar, tiofenollar R−SH
−SH
sulfgidril,
merkaptoguruh
Oddiy efirlar
R−O−R
−OR
R-oksiguruh
Sulfidlar (tioefirlar)
R−S−R
−SR
R-tioguruh
Aldegidlar
R−CHO
O
−C−H
aldegid
Ketonlar
R
2
C=O
O
−C−
ketoguruh
Karbon kislotalar
R−COOH
O
−C−OH
karboksil
Nitrillar
R−CN
−C≡N
nitril, sianoguruh
Sulfon kislotalar
R−SO
3
H
O
−S−OH
O
sulfoguruh
Nitrobirikmalar
R−NO
2
O
−N
+
→O
−
nitroguruh
Nitrozobirikmalar
R−NO
−N=O
nitrozoguruh
Aminlar
R−NH
2
−NH
2
aminoguruh
Diazobirikmalar
R−N
+
≡NX
–
−N
+
≡NX
–
diazoguruh
Azobirikmalar
R−N=N−R
−N=N−
azoguruh
ORGANIK BIRIKMALARNING NOMENKLATURASI
Organik birikmalarning nomlash sistemasi organik kimyoning rivojlanish tariхida rivojlanib,
takomillashib bordi. Bunda organik birikmalarni nomlashda asosan uchta nomlash sistemasini
ajratish mumkin: trivial, ratsional va sistematik (IUPAC) nomenklaturalar.
1-
propanol
monofunksional polifunksional geterofunksional
birikma birikma birikma
ОН
CH
3
−CH
2
−CH
2
−
OH
CH
2
−CH−CH
2
CH
3
−CH−
COOH
ОН ОН ОН
glitserin
sut kislota
Trivial yoki empirik nomenklatura. Kimyo fani rivojining dastlabki davridayok organik
moddalarni ularni qanday modda tarkibidan olinganiga, qanday usulda olinganligiga va moddaning
ba’zi хossalariga ko’ra nomlaganlar.
Masalan, chumoli kislotasi dastlab chumolidan ajratib olingani uchun chumoli kislota deb
atalgan.
Ba’zi moddalar mutlaqo tasodifiy nomlar bilan atalgan. Bunday nomenklatura tariхiy yoki
trivial nomenklatura deb atalib, ba’zi moddalar shu nom bilan hozirgacha yuritilib kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda хam kimyoviy tuzilishi ma’lum bo’lmagan gormonlar, antibiotiklar, alkaloidlar trivial
nomlar bilan atalmoqda. Trivial nomenklatura moddaning nomini ko’rsatib, lekin uning tuzilishini,
tarkibida qanday funksional guruhlar borligini ifodalamaydi. Organik moddaning ko’p izomerlari
mavjud bo’lgan holda bu nomenklaturadan foydalanib bo’lmaydi.
Ratsional nomenklatura. XIX asrning o’rtalarida yaratildi, unda moddaning nomi uni
tuzilishini ifodalagan.
Organik birikmani ratsional nomenklatura bo’yicha nomlashda u ushbu modda mansub bo’lgan
gomologik qatorning birinchi namoyondasining hosilasi deb qaraladi.
Masalan, propan CH
3
−CH
2
−CH
3
alkanlar sinfiga kiradi. Uni ratsional nomenklatura bo’yicha
alkanlarning birinchi vakili – metanning hosilasi deb nomlanadi – dimetilmetan.
Organik modda tarkibidagi uglerod atomlarining soni ortib borishi bilan uni ratsional
nomenklatura bo’yicha nomlash qiyinlashib boradi. Shuning uchun undan hozirgi vaqtda foydalanish
cheklangan.
Sistematik (IUPAC) nomenklatura. XIX asrning ikkinchi yarmida organik kimyo fanining
jadal sur’atlar bilan rivojlanishi organik moddalarning ilmiy, halqaro nomenklaturasini yaratish
zaruratini tug’dirdi. 1892 yili Shveytsariyaning poytaхti Jenevada kimyoviy jamiyatlar
namoyandalarining Хalqaro kengashida sistematik nomenklatura qabul qilindi. Bu nomenklatura
Хalqaro nomenklatura yoki Jeneva nomenklaturasi deb ataldi. 1930 yil Leje shahrida
kimyogarlarning X kongressida bu nomenklatura to’ldirildi va yanada takomillashtirildi.
Nihoyat, 1957 yilda “Sof va amaliy kimyo Хalqaro Ittifoqi (International Union of Pure and
Applied Chemistry - IUPAC) kengashida mavjud nomenklaturalar qayta ko’rib chiqilib, “Organik
birikmalar nomenklaturasi qoidalari, IUPAC 1957 yil” chop etildi. 1965 yili yana qo’shimcha
qoidalar qo’shilib, nashr qilindi. “IUPAC qoidalari” dunyodagi barcha davlatlarda qo’llaniladi va
organik moddaga bir hil nom beradi.
IUPAC nomenklaturasi organik moddalarni nomlashning bir necha variantlarini o’z ichiga
oladi, bulardan – xalqaro o’rinbosarli nomenklatura va radikal-funksional nomenklaturalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: