5-savol Yuridik texnik qoidalarning rivojlanish tarixining qadimgi davr va



Download 290,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.07.2021
Hajmi290,2 Kb.
#127186
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kayumova shahnoza yuridik texnika yakuniy nazorat



                                           5-savol 

Yuridik  texnik  qoidalarning  rivojlanish  tarixining  (qadimgi  davr  va 

o'rta asr davri misolida) o'ziga xos xususiyatlarini taqqoslang. 

Barchamizga  ma’lumki,huquq  mavjud  bo’lgan  davrlardan  beri  uning 

texnikasi borasida ham qandaydir andozalar yuzaga kelgan.Chunki huquq insonlar 

hayotini  tartibga  solar  ekan  ma’lum  bir  qoidalar  asosida  shakllangan  normalarga 

amal  qilinishini  taqozo  etadi.Lekin  qadimgi  davrda,ya’ni  huquq  endi 

shakllanayotgan  vaqtlarda  asosan  og’zaki  qoidalar  qonun  vazifasini  o’tagan.Biz 

yuridik  texnika  deganimizda  ko’proq  yozma  normalarning  qoidalari  yig’indisini 

tushunamiz.Shu  boisdan  qadimgi  davrda  og’zaki  normalar  uchun  yuridik  texnik 

jihatlarning  ahamiyati  yuqori  bo’lmagan.Lekin  insonlarning  huquq  sohasidagi 

bilimlari ortib borgach,yuridik texnika talablariga ham ehtiyoj sezila boshlaydi.Bu 

xusuida quyidagi manbada shunday deyilgan: 

Ta'kidlash  joizki,  qonunchilik  texnikasi  qoidalari  huquq  yuzaga  kelgan 

davrdan  boshlab  qo'llanila  boshlangan.  Huquqiy  rivojlanishning  dastlabki 

bosqichida qonunlarni tuzish qoidalari sodda ko'rinishga ega bo'lgan. Arxaik huquq 

asosan  og'zaki  shaklda  ifoda  etilgan.  Zero,  ibtidoiy  jamiyat  davridan  keyingi  yuz 

yillar  davomida  yozma  nutq  mavjud  bo'lmagan.  Arxaik  huquq  -  bu  avloddan-

avlodga  muayyan  kazusli  masalalarni  yechishga  oid  hikoya  va  rivoyatlar 

ko'rinishida o'tadigan yozilmagan qoidalar yig'indisidir. 

Arxaik  huquq  tizimlashtirilmagan  ko'rinishda  bo'lgan.  Dastlabki  huquq 

manbalarini  tahlil  etar  ekanmiz,  ularda  jinoiy,  mulkiy,  savdo,  oila,  yer  va  boshqa 

sohalarga  tegishli  normalar  tizimlashtirilmagan  holatda  bo'lganligining  guvohi 

bo'lamiz.  Masalan,  Hammurapi  qonunlarida  oldiniga  jinoyat  va  protsessual 

normalar  o'z  ifodasini  topgan  bo'lsa,  undan  keyin  yer  huquqi  normalari  va  yana 

jinoyat  huquqi  normalari  yoki  savdo  huquqi  normalari  keltirib  o'tilgan.Huquq 

normalarini  tizimlashtirish,  arxaik  huquq  rivojlanishining  keyingi  bosqichlarida 

amalga  oshirilganShu  o'rinda,  arxaik  huquq  normalarida  tizimlashtirish  mavjud 

emasligining quyidagi uchta sababini ko'rsatish mumkin: 



 Birinchidan,  ushbu  davrdagi  kishilar  ongining  jamiyat  hayotidagi  o'zaro  

bog'liq  aloqalar  tizimini  va  uning  turli  jihatlarini  ko'rish  va  anglashga  imkon 

tug'dirmaganligi va o'z-o'zidan muayyan hodisalarni huquq manbalarida yetarlicha 

aks ettirish tajribasi va amaliyotining mavjud emasligi; 

Ikkinchidan, ijtimoiy hayotning nisbatan oddiyligi.  

Uchinchidan, arxaik normalarning asta-sekin o'zgarib borishi.  

Shu  bilan  birga,  mazkur  davrda  shakllangan  ayrim  huquq  yodgorliklarining 

mukammal  yaratilganligi,  o'z  navbatida,  ularning  bugungi  kun  uchun  ham  jahon 

huquqiy 

rivojlanishining 

tamal 

toshi 


sifatida 

ahamiyatini 

yo'qotmay 

kelayotganligini  e'tirof  etish  lozim.Qonunlarning  eng  yuksak  namunalarini 

eramizning I - III asrlarida Rim xususiy huquqida ko'rish mumkin. Bu davrda Rim 

huquqshunoslari  huquqiy  bilimlarni  rivojlantirish  bilan  birga,  qonunchilik  ilmi, 

uning  o'ziga  xos  jihatlari  to'g'risida  ham  mukammal  ma'lumotlarga  ega 

bo'lganlar.Ular  qonunlarni  aniq  va  qisqa  holda  tuzganlar  hamda  huquqiy 

normalarning  tushunarli  bo'lishiga  asosiy  e'tiborni  qaratganlar. 

1

  Demak  mazkur 



normadan  ko’rinadiki,arxaik  davrda  insonlarda  yozma  qonunlar  bo’lmasa  ham 

ma’lum  andoza  asosida  tuzilgan  normalar  qo’llanilgan.Lekin  manbada  alohida 

ta’kidlanganidek,Rimda  antik  davrda  huquq  normalarini  yaratish  shu  darajada 

rivojlanganki,ular  o’sha  vaqtlardayoq  normalarni  aniq  yuridik  texnika  qoidalari 

asosida ishlab chiqishgan va huquni aklohida tarmoqlarga ajratishgan. 

Endi  o’rta  asrlarda  yuridik  texnika  qoidalari  shakllanish  tarixini  ko’rib 

chiqamiz: 

Kishilik  taraqqiyotida  urug'-qabilachilik  tuzumining  yemirilishi  natijasida 

uning  o'rniga  an'anaviy  yoki  qishloq  ho'jalik  yuritishga  asoslangan  jamiyat 

shakllangan. Jamiyat hayotidagi o'zgarishlar, o'z navbatida tabaqa tuzumini yuzaga 

keltirib  arxaik  huquq  o'rniga  normativ  tizimlar  kirib  kelishiga  imkon 

tug'dirgan.Shu  o'rinda,  an'anaviy  tabaqa  jamiyatida  amalda  bo'lgan  quyidagi 

huquqiy tizimlarni ko'rsatib o'tish mumkin: 

                                                

1

 Najimov M,Saydullayev Sh.Qonunchilik texnikasi.O’quv qo’llanma.:T,TDYU. 2009 y.183 bet 




1) 

Feodal  huquqi-yerga  egalik  qilish  tartibi  va  yer  egalari  o'rtasida  o'zaro 

munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar yig'indisi; 

2) 


Krepostnoy  (manorial)  huquq-  dehqonlar  va  yer  egalari  o'rtasidagi 

munosabatlar, feodal xonadonidagi hayot, jamoa a'zolari o'rtasidagi aloqalar hamda 

qishloq xo'jaligini yuritishni tartibga soladigan qoidalar tizimi; 

3) 


Cherkov  huquqi  –  cherkov  hokimiyatini  tashkil  etish  va  uning  dunyoviy 

hokimiyat bilan bo'ladigan munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalar tizimi;  

4) 

Shahar  huquqi  –  shahar  ichida  tinchlik  va  tartibni  saqlash  yuzasidan 



aholining  qirol  (knyaz),  alohida  sen`or  bilan  munosabatlarini  tartibga  soladigan 

hamda shaharliklarning huquq va erkinliklarini belgilab beradigan qoidalar tizimi; 

5) 

Gildiya  (sex)  huquqi  –  gildiyalarning  imtiyozlarni  mustahkamlovchi,  ishlab 



chiqarishni  tashkil  etish,  xom  ashyolardan  foydalanish,  ularni  qayta  ishlash 

usullari,  tayyor  mahsulotlarning  sifatini  belgilash  kabi  masalalarni  tartibga 

soluvchi qoidalar yig'indisi; 

6) 


Savdo  huquqi  –  savdo  muomalasi,  savdo  yuritish  tartibi,  savdo  yuritish 

jarayonida yuzaga keladigan nizolarni ko'rib chiqish va bartaraf etish usullari kabi 

masalalarni tartibga soluvchi qoidalar tizimi. 

Shu  bilan  birga,  yuqoridagi  huquqiy  tizimlar  tabaqalar  hayotining  barcha 

tomonlarini  qamrab  olmagan.  Binobarin,  u  yoki  bu  munosabatlarni  tartibga  solish 

zarurati  kelib  chiqqan  holatlardagina    muayyan  normalar  yuzaga  kelgan.  Huquq 

normalarining  kazualligi  asta-sekinlik  bilan  o'z  o'rnini  ularni  mavhum  shaklda 

ifodalash  usuliga  bo'shatib  bera  boshlagan.  Ushbu  davrda  ko'pgina  huquq 

normalarining  mazmuni    noyuridik  xarakterdagi  masalalarni  ham  o'zida  qamrab 

olgan.  Xususan,  ushbu  holatlar  cherkov  huquqi  normalarida  ko'proq  namoyon 

bo'ladi.Ta'kidlash joizki, qadimgi Rim huquqi manbalari o'rta asr huquqiy tizimlari 

rivojlanishida  muhim  manba  sifatida  ahamiyatga  ega  bo'lganligi  uchun  ham 

ko'plab  buyuk  mutafakkirlar,  daholar,  sarkarda  va  podsholar  o'z  qonunlari  hamda 

kodekslariga  Rim  qonunchilik  uslubini  asos  qilib  olganlar  va  o'z  qonun 

tuzuvchilaridan Rim qonun tuzish uslubiyatini o'rganishni, uning eng muhim zarur 

jihatlarini  anglashni  talab  etganlar.  Jumladan,      Pyotr  I  o'z  qonunlariga,  Napoleon 




o'z kodeksiga Rim qonunchilik texnikasini ijodiy o'zlashtirib, qonunlarini shu davr 

nuqtai nazaridan mukammal tuzishga erishganlar.

2

 


Download 290,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish