Surunkali gangrenoz pulpit. Surunkali gangrenoz pulpit o‘tkir
pulpit va uzoq davom etgan surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib
chi qadi. Bemor termik ta’sirdan ya’ni issiqdan hosil bo‘lgan og‘ riqdan
shikoyat qiladi. Og‘izdan noxush hid keladi. Zondlan gan da kariyes
bo‘sh lig‘i tish bo‘shlig‘i bilan tutashgan va ayrim hollarda tutashmagan
ham bo‘lishi mumkin. Tish bo‘sh lig‘i zondlanganda og‘riq turli chuqur-
likda hosil bo‘ladi, bu esa gang renoz jarayoni ning qay darajada tar qa-
lganligiga bog‘liq. Zondlanganda og‘riq ning yo‘qligi pulpaning nobud
bo‘lganligi bel gisidir. Pulpaning elektr sezuvchanligi pasaygan va
u 40–90 mkA ga teng. Rentgeno grammada ildiz uchi to‘qimalarida
so‘rilish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |