VI BOB
TISH QATTIQ TO‘QIMALARINING
NUQSONLARI
Tish qattiq to‘qimasi nuqsonlari kasalliklari nokariyesli va kariyesli
nuqsonlarga bo‘linadi.
TISH QATTIQ TO‘QIMALARINING NOKARIYESLI
NUQSONLARI
Tish qattiq to‘qimalarining nokariyesli nuqsonlari 80–82% aholida
uchraydi. Ushbu kasalliklarni kelib chiqish sabablari to‘liqligicha aniq
emas. Nokariyesli nuqsonlar kundan kunga ortib bormoqda. Kasal-
liklarni kelib chiqishida kasbiy zararlar, yo‘ldosh kasalliklar (oshqozon
ichak kasalliklari, revmatizm…), tish to‘qimalari minerallashuvining
buzilishlari asosiy o‘rin tutadi. Nokariyes kasalliklar paydo bo‘lish
muddatiga asoslanib ikki guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |