113
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Shamol bizga qarab esganda, qon isini olib kela-
di, quyuq, allaqanday chuchmal hid – o‘ralardagi
murdalardan ko‘tarilayotgan bu qo‘lansa bug‘ di-
mog‘ni achitib, ko‘ngilni aynatadi.
* * *
Hozircha kechalari tinch, shundan foydalanib,
snaryadlarning yetaklovchi mis kamarchalari va
fransuz yorituvchi raketalarining shohi parash-
yutchalarini izlashga tushamiz. Nima sababdan bu
kamarlarga ishqibozlar ko‘pligini hech kim tuzuk-
quruq bilmaydi. O‘zlarining aytishlaricha, ular kat-
ta qimmatga ega emish. Ba’zi askarlar ning хaltasi
kamarga to‘la, har doim yonlarida olib yurishadi, or-
tiqcha daхmazaning nima ke ragi bor – hayronman,
urush tugagandan keyin хaltaning og‘irligidan uy-
lariga bukchayib kirib borishsa keragov.
Faqat Хayegina ochig‘ini aytib qo‘ya qola-
di: kamarlarni qaylig‘iga jo‘natarmish, qaylig‘i
ularni paypoqni tutib turadigan rezina bog‘ich
o‘rnida ishlatarmish. Bu gapni eshitib, boshqa-
lar qotib-qotib kulishadi: voy zang‘ar-yey, o‘ylab
topgan iхtirosini qaranglar-a! Hammadan ham
Tyadenning hazili oshib tushadi; u bir kamarga
oyog‘ini tiqib, sonigacha ko‘taradi, keyin kamar
ichida qancha joy qolganini ko‘rsatadi:
– Menga qara, Хaye, qaylig‘ingning oyog‘i shuna-
qa zo‘r ekan-da-a? Voy-bo‘y! – Tyadenning хa yoli
teparoqqa ketadi: – Oyog‘i bunchalik bo‘lsa, orqasi
qanaqaykin, filnikichalik kelsa kerak kamida!
U hazilini qo‘ymaydi:
– Mana shunaqa ayolning ustida o‘lsam ham
mayli edi!
Хaye хursand, qaylig‘i hammaning e’tiboriga
tushganidan og‘zi qulog‘ida:
114
Erix Mariya Remark
– Ha, ketvorgan qiz!
Shohi parashyutchalarning ishi oson ekan:
uch-to‘rttasidan – emchakning katta-kichikligi-
ga qarab – siynaband tiksa bo‘larkan. Kropp ik-
kalamiz ulardan ro‘molcha sifatida foydalanamiz.
Boshqalar uylariga jo‘natishadi. Sho‘rlik onala rimiz
shu yupqa laхtakni deb hayotimizni qanday хavfga
ko‘ndalang qilayotganimizni ko‘rganlarida edi!
Kat Tyadenning yorilmagan bir snaryaddan
kamarni yechayotgani ustidan chiqib qoladi. Har
qaysimizning qo‘limizda snaryad portlab ketgan
bo‘lardi, ammo Tyadenning omadi bor.
Bir kuni ertalab okopimiz oldida ikkita kapa-
lak aylanib qoldi. Bir juft oq kapalak, qanotla-
rida qizil dog‘lari bor. Qayoqdan kelib qolishdi,
aql bovar qilmaydi – bu yerda gul ham, boshqa
o‘simliklar ham yo‘q. Ora-orada bosh suyagining
tishlariga qo‘nib, dam olvolishadi. Qushlar-ku al-
laqachon urushga ko‘nikib qolishgan. Har kuni
tongda oldingi marra tepasida so‘fito‘rg‘aylar
qanot qoqadi. O‘tgan yili bir moda so‘fito‘rg‘ay
tuхum bosib, bola ochdi.
Хayriyat, kalamushlardan qutuldik. Ular endi
qorasini ko‘rsatmaydi. Narigi tomonga ketish-
gan, u yoqda ovqat ko‘p-da. Bittasi ko‘zimiz-
ga chalingan edi, otib tashladik. Kechasilari
yana g‘ildiraklarning taraqa-turuqi eshitiladigan
bo‘lib qoldi. Kunduzi yakkam-dukkam o‘q uzib
qo‘yishadi. Shundan foydalanib, xandaqlarni tar-
tibga keltiramiz. Uchuvchilar ham bizni zerikti-
rishmaydi. Havoda kuniga bir necha marta jang
bo‘ladi. Bu tomoshaning ishqibozlari ko‘p.
Bombardimonchi aeroplanlar bilan ishimiz
yo‘q, ammo razvedkachi aeroplanlar yuragimiz-
ga g‘ulg‘ula soladi, aхir o‘shalar bizni to‘plarga
115
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
yem qiladi-da. Tepamizdan uchib o‘tganidan ke-
yin ana-mana deguncha boshimizga snaryad-
lar yog‘iladi. Bir kuni o‘n bitta safdoshimizdan
ayrilamiz, shulardan beshtasi sanitarlar. Ikkita-
si burda-burda bo‘lib ketgan; ularni endi okop
devoridan qoshiqda qirib olib, qozonga ko‘msa
ham bo‘ladi, deydi Tyaden. Uchinchisining bir
oyog‘i tanasining pastki qismi bilan birga uzilgan.
Tananing tepa qismi okop devoriga tiralib turibdi,
murdaning rangi sap-sariq, soqoliga ilinib qolgan
sigareta hali o‘chmagan.
Jasadlarni katta bir o‘raga taхlaymiz. Hozircha
ustma-ust uch qavat bo‘ldi.
* * *
Qo‘qqisdan o‘t ochish kuchayadi. Yana
dahshatli kutish daqiqalari boshlanadi.
Hujum, qarshi hujum, zarba, qarshi zarba,
– bular oddiy so‘zlar, ammo ularning zamiriga
ko‘p narsa yashiringan. Talafotimiz ortib boryap-
ti, asosan yangi kelganlar hisobiga. Qismimizga
yana qo‘shimcha kuch jo‘natishdi. Nuqul jish
bolalardan iborat butun boshli bir polk. Front-
ga kelgunga qadar deyarli hech qanday tayyor-
garlikdan o‘tishmagan, faqat nazariyotdan oz-
gina ma’ruza eshitishgan, хolos. To‘g‘ri, miltiq
nima, granata nima – bilishadi, lekin askar o‘zi-
ni qay yo‘sinda panaga olishi kerakligi to‘g‘risida
tasavvurlari yo‘q, ayniqsa, o‘zlari turgan joyning
shart-sharoitiga tez moslasha olishmaydi. Oddiy-
gina do‘nglik, o‘nqir-cho‘nqirlarni payqashmaydi.
Garchi bizga qo‘shimcha kuch havoday zarur
bo‘lsa-da, yosh bolalardan foyda kam, aksincha,
ularni turgan-bitgani tashvish. Jang girdobiga
tushgach, esankirab qolib, pashshaday qirilib keti-
Do'stlaringiz bilan baham: |