Xalqaro reyting va indekslar


Epidemiologik vaziyatni yaxshilash – barcha imkoniyatlar va kuchlarni safarbar qilishni talab



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.07.2021
Hajmi4,06 Mb.
#125864
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro reyting va indekslar

Epidemiologik vaziyatni yaxshilash – barcha imkoniyatlar va kuchlarni safarbar qilishni talab

etmoqda

 Suhbat


27 Iyul 2020

2016



Joriy yilning 23-iyul kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan navbatdagi

videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda koronavirus infetsiyasi tarqalishiga qarshi olib borilayotgan

tadbirlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.



10-iyuldan  boshlab  mamlakatda  amal  qilayotgan  kuchaytirilgan  karantin  choralari  natijadorligi  atroflicha

tahlil  qilindi  hamda  Respublika  maxsus  komissiyasining  amaldagi  karantin  cheklovlarini  uzaytirish  taklifiga

rozilik bildirildi. Mamlakatda epidemiologik vaziyatni oʻnglash zarurati davlat idoralari, jamiyat institutlari va

aholimizoldiga muxim vazifalar quyayotgani yana bir bor taʼkidlandi.

Muxbirimiz  ushbu  va  boshqa  mazularda  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Strategik  va

mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari Shafoat Nurullayeva bilan suhbatlashdi.

— Mamlakatimizda amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifi kiritildi va uni qoʻllash koʻzda tutilmokda.

Bu boradagi fikringiz?

— Ushbu zarurat xududlarda epidemiologik vaziyatni mustahkamlash hamon dolzarb boʻlib qolayotganini va

bu  borada  nafaqat  davlat,  balki  jamiyatimizning  ham  barcha  imkoniyatlarini  keng  ishga  tushirishni,

shuningdek,  muammoni  yengib  oʻtish  uchun  kuchlarni  birlashtirish  lozimligini  ham  anglatadi.  Shu  oʻrinda

taʼkidlash  lozimki,  avvalambor,  mamlakatda  koronavirus  bilan  bogʻliq  vaziyat  bevosita  davlatimiz  Rahbari

tomonidan  nazoratga  olingan.  Har  bir  yigʻilishda  bu  masalaga  eʼtibor  qaratilmoqda,  aniq  vazifalar  belgilab

olinmoqda,  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilmoqda.  Muammoni  yengish  borasida  bu  juda  muhim  yondashuv

boʻlib,  amalda  hech  bir  fuqaro  bunday  koʻrinmas  yov  oldida  yolgʻiz  emasligi,  aksincha,  davlat

himoyasida ekanligidan dalolat beradi.

Xususan,  oʻtgan  soʻngi  10  kun  davomida  Davlatimiz  rahbari  tomonidan  qator  selektor  yigʻilishlarining

oʻtkazilishi va ularda eng asosiy masalalardan biri sifatida mamlakatimizda COVID-19 pandemiyasiga qarshi

kurash masalalaring muhokama qilinishi bu boradagi vazifalar naqadar jiddiyligini bildiradi.

Shu oʻrinda dunyoda koronavirusning tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtish zarur. Zero,

bu  kutilmagan  global  muammo  barcha  mamlakatlarni  sarosimaga  solgani,  undan  davo  imkoniyatlari

haligacha  yaratilmagani  bois  koʻplab  davlatlar  hamon  oʻzlarini  oʻnglab  ololmayotgani  bor  gap.  Ayrim

mamlakatlarda  koronavirus  tarkalishining  yana  kuchayayotgani  ham  kuzatilmoqda.  Bugungi  kunga  kelib

dunyo boʻyicha ushbu kasallikdan zararlanganlar soni 15,5 mln. kishidan oshganini koʻrib turibmiz. Har kunlik

oʻsish  275  mingdan  ortiq  kishini  tashkil  etmoqda.  Bu  koʻrsatkich  2020-yilning  1-aprelida  925  ming  kishini

tashkil etgan boʻlsa,may oyi boshiga ularning soni 3,3 mln. kishiga yetdi. Dunyo boʻyicha bugungi kungacha

oʻsish  1-aprelga  nisbatan  16  barobarni,may  oyi  boshiga  nisbatan,  yaʼni  kupgina  mamlakatlarda  karantin

choralari yumshatilishidan boshlab, 6 barobarni tashkil qilmoqda.

Mutaxassislar,  dunyoda  bunday  epidemiologik  holatning  kuchayishi  aynan  karantin  choralarining

yumshatilishi,  yoki  ayrim  mamlakatlarda  ularning  bekor  qilinishi  va,  ayniqsa,  ushbu  sharoitda  koʻplab

odamlarning 

sanitar-epidemiologik 

va 

ijtimoiy 



qoidalaga 

rioya 


qilmay 

qoʻygani 

sabab

boʻlayotganini taʼkidlashmoqda. Qayd etilmoqdaki, koronavirus infeksiyasini birinchilardan boʻlib qarshi olgan



va u bilan kurashgan Osiyo Tinch okeani va Yevropa mintaqalarida joylashgankator davlatlarda joriy yil may


va u bilan kurashgan Osiyo-Tinch okeani va Yevropa mintaqalarida joylashgankator davlatlarda joriy yil may

oyining oʻrtalari va iyun oyidan boshlab karantin choralarining yengillashrilishi yoki umuman bekor qilinishi,

shu  bilan  birga  kafe,  restoran  va  shunga  oʻxshash  koʻngilochar  joylarning,  jamoat  transportining  ishlashi,

turizm  faoliyati,  ichki  aviaqatnovlarga  ruxsat  berilishi  ushbu  infeksiyadan  zararlanganlar  sonining  oshishiga

olib  keldi.Natijada,  koʻrib  turganimizdek,  kator  davlatlardakuchaytirilgan  karantin  choralarini  qaytarish  yoki

uni  qisman  qoʻllash  zarurati  yuzaga  keldi.  Yevropaning  ayrim  mamlakatlarida  (xususan  Fransiya,  Buyuk

Britaniyada)aholi gavjum joylarda meditsina nikoblarini taqib yurish majbur qilib qoʻyildi.

Mamlakatimizdagi epidemiologik holat toʻgʻrisida gapirsak, joriy yilning 16-may holatiga, yaʼni qatʼiy karantin

choralari  yengilashirilgan  kunga  qadar  koronavirus  infeksiasidan  zararlanganlar  soni  2738  kishini  tashkil

etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib kasallanganlar soni 19 mingga yetdi yoki 7 barobarga kupaydi. Kuzatuvlar

koʻrsatmoqdaki, bunday vaziyat yuzaga kelishiga qatʼiy karantin choralarni yengillashtirilganidan keyin ayrim

korxonalar  va  aholimiz  orasida  saqlanib  qolingan  karantin  talablariga  (gigiyena  qoidalari,  niqob  taqish,

ijtimoiy masofa saqlash va boshqa qoidalarga) rioya etmaslik asosiy sabablardan biri boʻldi, deyish mumkin.

Shu  bois,  koronavirus  infeksiyasining  tarqalishini  jilovlashda  eng  asosiy  vazifalardan  biri  –  tegishli  karantin

choralarining  barcha  tomonidan  qatʼiy  qoʻllanishidir.  Yaʼni,  ushbu  kasallikning  geometrik  progressiyada

oʻsishiga  yoʻl  qoʻymaslik  maqsadida,  “kasallanish  zanjirini  uzish”  uchun  oʻzimizni  ayrim  hatti-harakatlardan

tiyishimiz zarur. Buning oʻta muhimligi ming yillar oldin buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino tomonidan isbotlab

berilganini  hammamiz  yaxshi  bilamiz.  Eslang,  retro  badiiy  filmlarimizdan  birida  Ibn  Sino  boshqa  bir  buyuk

ajdodimiz  –  Beruniy  bilan  uchrashganda  aynan  shu  xaqda  fikr  yuritadi.  “Bunday  kasallikni  yengish  uchun

nima qilish lozim?”, degan savolga javoban Ibn Sino: “avvalambor, qurquvni yengish, shuningdek, tozalikka va

oʻz-oʻzini  ijtimoiy  himoyalashga  qatʼiy  rioya  qilish,  aholi  gavjum  joylarga  bormaslik”  kabi  tavsiyalarni  beradi.

Ushbu talablar bugungi COVID-19 pademiyasi sharoitida ham hamon dolzarb ahamiyatga ega emas-mi?!

— Haqiqatdan ham shunday. Afsus bilan aytish lozimki, joriy yilning iyun oyidan qatʼiy karantin talablarining

yengillashtirilishi sharoitida kasallanishning oshishi bilan toʻqnash keldik. Shifoxonalarda joy yetishmasligi, tez

tibbiy yordamning kechikishi toʻgʻrisida shikoyatlar soni ortdi. Shu toʻgʻrisida fikringizni aytib oʻtsangiz.

—  Buning  koʻp  sabablari  bor  deb  oʻylayman.  Xabardorsiz,  Prezidentimiz  tomonidan  Toshkent  shahar

hokimiga,  hamda  Sogʻliqni  saqlash  vaziriga  yoʻl  qoʻyilgan  xatoliklar  uchun  hayfsan  eʼlon  qilindi.  Umuman

olganda, sogʻliqni saqlash tizimida ancha muammolar yigʻilib qolgan. Afsuski, bu sohaga koʻp yillar davomida

yetarli  darajada  eʼtibor  qaratilmagan.  Yaqinda,  davlatimiz  Rahbari  tashabbusi  bilan  ushbu  sohani  isloh

qilishga kirishilgani, koʻp maummo va kamchiliklarni borligi koʻrsatmoqda. Ammo, bularni muammolarni bir

lahzada yechib boʻlmaydi.

Shu  bilan  birga,  taʼkidlab  oʻtmoqchimanki,  dunyoda  epidemiologik  vaziyatning  birdaniga  keskinlashuvi

sogʻliqni  saqlash  sohadagi  muammolar  nafaqat  bizning  mamlakatimizda,  balki  dunyoning  rivojlangan

davlatlarida  ham  dolzarb  ekanligi  koʻzga  tashlandi.  Hech  bir  mamlakatda  koronavirus  infeksiyasinining

tarqalishi koʻlami va tabiatini oldindan aytib berishning imkoniyati yoʻq edi.

—  Yuqorida  taʼkidlaganingizdek,  COVID-19  bilan  kasallanganlar  sonining  ortishiga  karantin  choralarining

yumshatilishi  sharoitida  aholi  orasida  saqlab  qolinishi  shart  qilib  belgilangan  ayrim  gigiyenik  va  ijtimoiy

talablarga  qatʼiy  rioya  qilmaslik  holatlari  ham  sabab  boʻlgani  haqida  koʻp  gapirilmoqda.  Ushbu  masalaga

alohida toʻxtalib oʻtsangiz. 

— Bunday koʻpsonli odamlar kasallanishi bilan bogʻliq vaziyatga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha omillar

yagona  tizim  doirasida,  uzaro  bogʻliq  holda  harakatlanishi  maqsadga  muvofiq,  deb  oʻylayman.  Xususan,

pandemik vaziyatni barqarorlashtirishning natijadorligi samarali boshqaruv tizimi, jumladan sogʻliqni saqlash

sohasiningmustahkamligi,  bemorlarni  davolash  uchun  yaratilayotgan  sharoitlar,  shuningdek,  mamlakat

iqtisodiyotidagi  vaziyat  bilan  bir  qatorda  aholining  tibbiy  madaniyati,  uning  pandemiya  sharoiti  talab

qiladigan qoidalarga toʻliq va qatʼiy rioya qilishiga ham jiddiy ravishda bogʻliq, desak toʻgʻri boʻladi.

Shu  maʼnoda  aytish  lozimki,  may-iyun  oylarida  qatʼiy  karantin  choralarni  anchagina  yengillashtirilganligi,

ayrim  korxonalar  va  aholi  orasida  “boshqacha”  qabul  qilindi.  Jamiyatda,  garchi  har  kun  ommaviy  axborot

vositalari,  meditsina  muassasalari  va  jamoat  tashkilotlari  tomonidan  pandemiyaning  ogʻir  oqibatlari




toʻgʻrisidagi  ogohlantirishlar  hamda  karantinning  saqlab  qolingan  ayrim  muhim  talablariga  rioya  qilish

zarurligi  haqidagi  chaqiruvlarga  qaramasdan,  “karantin  bekor  boʻldi,  endi  oldingi  hayot  tarziga  qaytamiz”

degan tushuncha va hatti-harakatlar kuchaygani kuzatildi.

Masalan,  mamlakatda  oʻrnatilgan  karantin  talablariga  joylarda  va  poytaxtimizda  bepisandlik  bilan  qarab,

ularga rioya etmasdan 300-350 kishilik  yoki  bir  xafta  –  10 kun davomida 30 kishidan  iborat  toʻylar  oʻtkazish,

buning  natijasida  bir  necha  yuzlab  kishilar  koronavirus  infekiyasini  yuqtirgani  toʻgʻrisida  xabarlar  koʻp

tarqaldi.Bu  esa,  ushbu  kasallikning  vaksinasi  va  davo  dorisi  hali  topilmagan  sharoitda  mamlakatimizda

epidemiologik vaziyatning jiddiylashuvi sabablaridan biri boʻldi.

Shunday  sabablardan  yana  biri–  umumiy  ovqatlanish  korxonalariga,  yaʼni  odamlar  toʻplanishi  mumkin

boʻlgan  tarmoqlarga  karantin  qoidalariga  rioya  qilgan  holda  faoliyatini  tashkil  qilishga  ruxsat  berilgandan

keyin, ularning aksariyati ushbu qoidalarga rioya qilishmadi. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida koʻplab

axborotlar tarqalganidan xabardorsiz. Xususan, beligilanganidek 4 kishidan ortiq boʻlmagan holda mijozlarga

xizmat koʻrsatish oʻrniga, umumiy ovqatlanish korxonalari 10 va undan ortiq kishilar ishtirokida tugʻilgan kun

va ziyofatlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻygan koʻplab kuzatildi.

Qolaversa,  jamoat  transportlarida  oʻrnatilgan  karantin  qoidalariga  rioya  etmaslikham  (xususan,  avtoulov

salonlarida yoʻlovchilar sonining koʻp boʻlishiga yoʻl qoʻyish) ushbu kasallik bilan zararlanganlar soni ortishiga

yana bir sabab boʻldi, deyish mumkin.

Bundan  tashqari,  dehqon  va  kiyim-kechak  bozorlarida  belgilangan  karantin  qoidalarining  buzilishi,  issigʻi

boʻla  turib  bozor  hududiga  savdogar  va  xaridorlar  kirishiga  ruxsat  berilishi,  bozorlar  hududida  niqobsiz  yoki

nomigagina  niqob  taqib  yurishholatlarining  bozor  maʼmuriyatlari  tomonidan  yetarli  darajada  nazorat

qilinmaganligi ham salbiy oqibatlarga – aholi orasida koronavirusdan zararlanish holatlarining ortishiga taʼsir

qildi.


Yana  bir  tashvishli  holat  haqida  toʻxtalib  oʻtmoqchiman.  Kuzatishlar  shuni  koʻrsatmoqdaki,  ayrim  kishilar

meditsina niqoblarini oʻz sogʻligʻini oʻylab emas, balki “talab etilayotgani uchun”ginataqishayotganlari koʻzga

tashlanmoqda. Niqoblarni bir necha kunlab, almashtirmasdan taqib yurishni odat qilganlar ham yoʻq emas.

Bu  antisanitariya  holatining  yomonlashuviga  sabab  boʻlishi  mumkinligini  mutaxassislar  tasdiqlashmoqda.

Bugunki  kunda  niqoblarni  aptekalardan  sotib  olish  ancha  bemalol  boʻlib  qolganini,  qolaversa,  bir  parcha

matodan  uy  sharoitida  ham  shunday  niqoblarning  bir  nechtasini  tikib  olish,  uni  yuvib,  dazmollab  ishlatish

mukinligini inobatga olib, bu boradagi tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozim deb uylayman.

—  Agar  biz  infeksiya  aholi  orasida  koʻp  tarqalib  ketganligi  sababli  oʻrnatilgan  cheklovlarni,  koʻpchilik

ekspertlar tomonidan maslahat berilayotgani bois bekor qilsak, bu kasallikdan zararlinishning har kunlik soni

bir  necha  barobarga  oshishi  mumkin.  Bunday  vaziyatni  oʻnglashga  biz  tayyormizmi?  Hammaga  malakali

tibbiy yordam koʻrsata olamizmi? Bemorlarimizni ogʻir ahvoldan qutqara olamizmi?

—  Ushbu  masalaga  jiddiy  qaralayotgani  bois  ham  karantin  talablari  amal  qilishini  yana  uzaytirish  choralari

belgilanmoqda.  Shuni  ham  taʼkidlash  lozimki,  shifokorlarimizni,  sogʻliqni  saqlash  tizimi  xodimlarini  qancha

tanqid  qilmaylik,  bugungi  kunga  kelib  epidemologik  holat  oʻnglanmoqda.  Tez  tibbiy  yordam  foaliyati

normallashtirilmoqda,  kasallanganlar  uchun  qoʻshimcha  joylar  yaratilmoqda,  yaqinda  mamlakatimizga

Germaniya  va  Tursiyadan  taniqli  mutaxasislar  taklif  qilindi.  Shu  bilan  birga  esdan  chiqarmaslik  kerakki,

bunday  pandemik  vaziyat  bilan  mamlakatimiz  birinchi  marta  toʻqnash  kelmoqda.  Biz  jarayon  davomida

bilimlarimizni oshirib, kamchiliklarimizni toʻgʻrilab bormoqdamiz, taslim boʻlmayapmiz.

Shunday  ekan,  hissiyotlarga  berilmay,  shunchaki  tanqid  qiluvchilarga  chalgʻmay,  koʻrilayotgan  chora-

tadbirlarini  teran  baholab,  har  birimiz  biror  foydali  ish  qilishimiz  mumkinligi  haqida  oʻylashimiz  lozim,  deb

oʻylayman.  Hozir  eng  muhimi  toʻgʻri  yoʻlda  harakat  qilayotganligimizni,  bu  yoʻl  murakkab  ekanligiga

qaramasdan boshqa tanlov imkoni yoʻq ekanligini anglab yetishdir.

Bundan  tashqari,  kiritilgan  cheklovlar  yetarli  darajada  yengil  xarakterga  ega  hisoblanadi.  Ularni  aprel  oyida

amal  qiolgan  cheklovlar  bilan  taqqoslab  boʻlmaydi.  Karantin  choralari  asosan  xizmat  koʻrsatish  va  umumiy

ovqatlanish sohalariga tegishli boʻlib ular odamlar koʻp toʻplanadigan tarmoqlar hisoblanadi Iqtisodiyot



ovqatlanish  sohalariga  tegishli  bo lib,  ular  odamlar  ko p  to planadigan  tarmoqlar  hisoblanadi.  Iqtisodiyot

tarmoqlari keng koʻlamda toʻxtatilgani yoʻq va boʻlmasligi aniq. Iqtisodiy faollikning keskin pasayishini kutish

kerak emas. Aksincha, faoliyati toʻxtab qolgan korxonalarning 70%ni shu yilning sentabr oyida, yil oxirigacha

esa qolgan barchasining faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda.

Shu  oʻrinda  yana  bir  muhim  masalagi  toʻxtalib  oʻtmoqchiman.  Xodimlarning  masofaviy  mehnat  shakliga

oʻtishi  ularning  xaq  toʻlanmaydigan  mehnat  taʼtiliga  chiqishini  anglatmaydi.  Ish  beruvchilar  esa  xodimlarga

ish  haqi  toʻlash  boʻyicha  majburiyatini  saqlab  qoladi.  “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  fikrini  oʻrganish  Respublika

markazining  maʼlumotlariga  koʻra,  hatto  qatʼiy  karantin  paytida  ham  soʻrovlarda  qatnashgan  fuqorolarning

katta  qismi  (72%)  oʻz  ish  joylari  va  daromad  manbalarini  saqlab  qolishganini  tasdqlashgan.  Faqatgina  17,3%

respondentlar karantin vaqtida navbatdagi mehnat taʼtiliga chiqishganini aytishgan.

Epidemiologik  vaziyatning  yaqin  kelgusida  barqarorlashuvi  karantin  cheklovlarini  yengillashtirishga  imkon

beradi.  Vaziyatning  barqarorlashuvidan  kelib  chiqib,  cheklovlar  taʼsir  qilgan  korxonalar  faoliyati  tiklanishi

uchun yordam koʻrsatilishi nazarda tutilmoqda.

Hokimlarga  iqtisodiy  faollikni  ragʻbatlantirish  uchun  eng  qulay  shart-sharoitlarni  yaratish  boʻyicha  aniq  va

tushunarli topshiriqlar berilgan.

Shu  bilan  birga,  aholining  salomatligini  hximoya  qilish  va  uning  iqtisodiy  farovonligini  taʼminlash  oʻrtasida

samarali muvozanatni shakllantirish davlatimizning asosiy maqsadi boʻlib qolmoqda.

—  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  raisligida  oʻtkazilgan  oxirgi  selektr  yigʻilishlaridan  keyin  joylarda

koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  va  umuman  karantin  choralari  kuchaytirilgan  bugunki  kunlarda

amalga oshirilayotgan ishlar borasida aniq faktlarga ham toʻxtalib oʻtsangiz.

— Maʼlumki, epidemiologik muammolarni bartaraf etish aholining xabardorlik darajasini muntazam va talab

darajasida  oshirib  borishni  ham  talab  etadi.  Shu  bois,  joylarda  aholining  koronavirus  infeksiyasi  bilan

kasallanishining  oldini  olish,  uning  tarqalishiga  yoʻl  qoʻymaslik,  bemorlarni  davolash  bilan  bogʻliq  koʻplab

savollarga javob berish hamda epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan mamlakatimiz tuman va

shaharlari 4 ta sektorlari negizida tunu-kun– 24 soat ishlaydigan Shtablar tuzildi hamda ularning koll-sentrlari

telefon  raqamlari  eʼlon  qilindi,  viloyat  hokimlarining  oʻz  hududlaridagi  epidemologik  vaziyat,  koronavirusga

qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida brifinglari tashkil etilmoqda.

Axborotlarga koʻra, kuni-kecha, 24-iyun kuniXitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati

hamda virusga qarshi dorilar olib kelindi hamda ularni Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli tartibda ishlatish

uchun  topshirildi.  Yaqin  kunlarda  yana  shunday  tibbiyot  uskunalari  va  dori-darmonlar  olib  kelinishi

rejalashtirilmoqda.

Oxirgi  kunlarda  koronavirus  bilan  kasallanganlarni  qabul  qilish  va  davolash  uchun  qoʻshimcha  46,5

mingta  oʻrin-joytayyorlandi.Shuningdek,  selektr  yigʻilishida  yana  31  mingta  oʻrin  tashkil  etilishi,  397  ta  tez

tibbiy  yordam  mashinasi  xarid  qilingani,  bir  oy  muddatda  yana  409  tashunday  mashinalar  joylarga

yetkazilishini hamda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va kollejlari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlar va nafaqaga

chiqqan tibbiyot xodimlari orasidan jami 5 mingtashifokor hamda 9 mingta hamshira bemorlarni davolash va

maslahat berishga jalb etilganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shu bilan birga, koronavirus infeksiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlaring ish haqlarini joyida hamda

har kun berish tashkil etilmoqda.

Bundan  tashqari,  COVID-19  pandemiyasi  davrida  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiy  texnikalar

muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan chetdan olib

kiriladigan  tegishli  tibbiyot  texnikalari  va  dori-darmonlarni  sertifikatlash  soddalashtirildi.  Shuningdek,

joylardagi  aptekalarda  sotilayotgan  dori-darmonlar  narx-navosi  noqonuniy  oshirilishining  olidini  olish

borasida  tegishli  tartibda  nazorat  ishlari  kuchaytirilmoqda.  Ushbu  tadbirlar  haqida  telekanallar  orqali

axborotlar berib borilmoqda.



Shuni xam taʼkidlash lozimki, mamlakatimizda karantin eʼlon qilingandan buyon 20 dan ortiq qaror va boshqa

normativ-huquqiy  hujjatlar  qabul  qilindi.  Ushbu  hujjatlarda  pandemiya  sharoitida  mamlakatimiz  aholisi

salomatligini  saqlash,  dori-darmonlar  bilan  taʼminlash,  iqtisodiy  sektorni  qoʻllab-quvvatlash,  tadbirkorlarga

qulay shart-sharoit va imtiyozlar yaratish kabi masalalar oʻz aksini topgan.

Karantin  davrida  davlatimiz  tomonidan  olib  borilayotgan  siyosatning  yanabir  jihatiga  eʼtibor  berishimiz

lozimki, Respublika komissiyasining qarori bilan 20 kunlik karantinda 120 ming ijtimoiy muhofazaga muxtoj

oilani bepul oziq-ovqat, dori-darmon va birlamchi maxsulotlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Maqsadli taqsimlash va moliyaviy yordam koʻrsatish uchun homiylik, xayriyani muvofiqlashtirish va koʻngillilar

markazlari tashkil etilmoqda.

Birinchi navbatda, yolgʻiz va keksalar, kam taʼminlangan, koʻp bolali oilalar, ogʻir kasallar, ikki yoki undan ortiq

bolani  tarbiyalayotgan  beva  ayollar,  ota-onalari  nogironlar  va  yetimlarni  tarbiyalayotgan  oilalar

hamdapandemiya sababli vaqtincha daromaddan mahrum boʻlgan oilalargayordam koʻrsatish belgilandi.

Mamlakatimizda  pandemiya  sharoitida  ijtimoiy  koʻmakka  muhtoj  oilalarga  yordam  berishni  tashkil  etish

maqsadida  Davlatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan  “Saxovat  va  koʻmak”  umummilliy  harakati  tuzilganidan

xabaringiz  bor.  Qisqa  vaqt  mobaynida  ushbu  tashkilottomonidan  qoʻllab-quvvatlashga  muhtoj  583

ming oilalarga 307 mlrd. soʻmlik yordam koʻrsatildi va bunday koʻmak hajmi ortib bormoqda. Ushbu savobli

ishga oʻz hissasini qoʻshayotganlar kam emas.

Umuman  olganda,  pandemiya  boshlangandanberiqiyin  ahvolga  tushgan  3,8  mln.  fuqarolarimizga  turli

yordam koʻrsatilgan. Yordamning eng katta qismi – 92 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vaucherlar shaklida berilgan

va yordamning juda katta ulushi aynan ijtimoiy zaif uy xoʻjaliklariga yoʻnaltirilgan.

Taʼkidlash lozimki, keltirilayotgan raqamlar oddiy raqamlar emas. Bularning ortida murakkab vaziyatga tushib

qolgan yurtdoshlarimizning taqdiri yotibdi.

— Maʼlumki, bemorning tuzalishi va oyoqqa turishida uning shifokorga boʻlgan ishonchi muhim ahamiyatga

ega, ayniqsa epidemiologik vaziyat murakkb boʻlib turgan vaqtlarda. Shu xususda ham fikrlashsak. 

—  Buning  zamirida  shifokorlar  va  hamshiralarning  mashaqqatli  mehnati  yotadi,  menimcha.  Shu  bois,

bugungi  murakkab  epidemiologik  sharoitda  bemorlar  hayoti  uchun  tunu-kun  kurashayotgan  barcha

meditsina  xodimlarini,  ayniqsa,  kasalxonalarning  “qizil  zonasida”  hamda  tez  yordam  tizimida  ishlayotgan

shifokor  va  hamshiralarni,  shubhasiz,qahramon  deyish  lozim.  Bu  haqda  davlatimiz  Rahbari  selektr

yigʻilishlarida  koʻp  bora  eʼtirof  etgan.  Yaqinda  Prezidentimiz  tomonidan  bir  guruh  meditsina  xodimlarining

yuqori davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi ham buning isbotidir.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, mahalliy xokimliklar, shuningdek, boshqa mutasaddi davlat idoralari va jamoat

tashkilotlari vakillari oʻz hududlarida karantin talablarining soʻzsiz amal qilinishini taʼminlash va aholini COVID-

19dan  himoyalanishi  borasida  xabardorligini  oshirish  yoʻnalishida  “bir  yoqadan  bosh  chiqarib”  ishni  tashkil

etsalar,  shu  asosda  joylarda  kasallanish  holatlarining  kamayishiga  erishish  mumkin  boʻlar  edi  hamda

meditsina xodimlarining mashaqqatli faoliyati qoʻllab-quvvatlangan boʻlar edi. Bu esa oʻz navbatida sogʻliqni

saqlash tizimiga qoʻshimcha yuklamaning kamayishiga sharoit yaratishi mumkin.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, qatʼiy karantin choralarining qayta joriy etilishi kasallik yuqtirilishi holatlarini

jiddiy  kamaytirish,  yaʼni  uning  “zanjirini  uzish”  orqali  koronavirus  infeksiyasidan  zaralangan,  ogʻir  ahvoldagi

beʼmorlarga eʼtiborni kuchaytirib, oʻlim holatlarini keskin kamaytirish imkonini beradi.

Shu  bois  barchamiz  karantin  talablari,  sanitar-gigiyenik  hamda  ijtimoiy  qoidalarga  qatʼiy  rioya  qilishimiz,

shifokorlar maslahatlariga amal qilib, ushbu koʻrinmas yovni birgalikda yenga olishimizga ishonishimiz lozim.

Nashr etmoq




Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish