Ayollar huquqlarini ta’minlanishi O’zbekiston Respublikasi
qonun xujjatlarida ifodalanishi.
Demokratik o’zgarishlar, bozor iqtisodining rivojlanishi milliy qonunlarimizni islox etish
zarurligini taqazo qildi. Jinoyat kodeksida ayollar huquqi va manfaatlari muhofaza qilishga qaratilgan
normalar mavjud. Jinoyat kodeksining aloxida qismi birinchi bo’lim shaxsga qarshi jinoyatga
qaratilgan, ya’ni inson hayotiga qarshi jinoyat xaqida.97-modda ikki qismdan iborat: birinchi qismi –
qasddan odam o’ldirish, 97-modda 2qismi javobgarlikni og’irlashtiradigan xolatlarda qasddan odam
o’ldirish. 97-modda 2-qism «b» bandida xomilador ayollarni qasddan o’ldirish nazarda tutilgan.
Bu xil qasddan odam o’ldirish jinoyat turi ijtimoiy xavfsizlik xolatini oshiradi, chunki sub’ekt,
ya’ni jinoyatchi ikki shaxsga - ayol va xomila hayotiga tajovuz qilib, inson hayotini davom ettirishga
zomin bo’lgan xisoblanadi.
JK 103-moddasida o’zini-o’zi o’ldirishgacha olib borgan holat uchun javobgarlik nazarda
tutilgan. Mazkur modda ikki qismdan iborat. Ikkinchi qismida o’ziga moddiy tomondan yoki boshqa
jixatlari bilan qaram bo’lgan shaxsni muntazam ravishda or-nomusi va qadr-qimmatini diskriminatsiya
qilish, unga shavqatsizlarcha munosabatlarda bo’lish ko’zda tutilgan. Insonga nisbatan shavqatsiz
munosabatda bo’lish, uning qadrqimmatini muntazam diskriminatsiya qilish va shaxsni o’limgacha
olib borish jiddiy xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi tan jaroxatining turli ko’rinishlari uchun
javobgarlikni ko’zda tutadi. JKning tan jaroxati to’g’risidagi moddalari tahlil qilinganda ularning
asosiy klassifikatsiyasiga ko’ra sog’liqqa zarar yetkazganlar og’ir jazo oladilar.
Sud-tergov amaliyoti ko’rsatadiki, ko’pincha mushlashish, kaltaklash, azob berish jinoiy jazo
nazaridan chetda bo’ladi va ma’muriy jazo bilan kafolatlanadilar. Buni uydagi zo’ravonlik xolatlarida
ko’zatish mumkin.
Jinoyat kodeksining 104-105-moddalarida qasddan tan jaroxati yetkazgan va qasddan o’rtacha
og’irlikda jaroxat yetkazganlar jazosi va javobgarligi og’irlashtiriladi.
O’zbukiston Respublikasi JKda ayollarni abort qilishga majburlovchilar uchun xam modda bor.
Bu modda 1994 yilda birinchi marta kiritildi.
Jinoyat Kodeksining bir necha moddalarida jinsiy erkinlikka, jumladan zo’rlash, ko’p xotinlik,
o’n olti yoshga yetmaganlarga axloqsizlik qilish va boshqalarga qarshi jinoiy javobgarlik belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |