Qaytarma va ko`tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish
Qaytarmasi bilan ko`tarmasi yaxlit bichilgan yoqa ag`darma chok bilan tikib olgandan
keyin qo`shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko`tarmaga o`tish chizig`i bo`ylab, yoqa uchlariga
3-4sm. etmaydigan qilib yelim uqa qo`yiladi. Ustki yoqa qo`shimcha qatlam bilan birga yoqa
o`miziga o`tqaziladi (1). Ostki yoqaning pastki cheti 0,7 sm. bukiladi va ustki yoqa o`tqazilgan
chokni yopadigan qilib, bukilgan ziydan 0,1sm oraliqda bostirib tikiladi (2) va yoqa tayyor
bo`lgandan keyin qaytarmaning ko`tarmaga o`tish chizig`i bo`ylab baxyaqator yurgiziladi (5.4.3-
rasm, chok 3).
Do'stlaringiz bilan baham: |