3. Davlat boshqaruvining shakllari va usullari .
Ma'muriy-huquqiy fanda boshqaruv shakli deganda boshqaruv organlari
faoliyatining tashqi namoyon bo'lish turlari davlat boshqarish organlari tomonidan
sodir qilinadigan aniq harakatlarning amaliy ifodasi tushuniladi.
Odatda ijroiya hokimyatni amalga oshirishning huquqiy va noqonuniy
shakillarini ajratishadi. Bevosita muayyan huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi va
ancha to'liq ravishda yuridik rasmiylashtiriladigan faoliyat huquqiy shakldagi
boshqarishi faoliyati sanaladi. Bunga (1)huquqiy hujjatlar qabul qilish.
(2)shartnomaalar tuzish. (3) yuridik ahamiyatga ega boshqa hurakatlar qilish misol
bo'ladi.
Ijroiya hokimyat faoliyatining nohuquqiy shakllari bo'lib tashkiliy va
madaniy- texnikaviy ta'minlash bo'yicha harakatlar hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda
yig’ilishlar, muxokamalar, tekshirishlar, ilg’or tajribani yoyish, rejalar, dasturlar,
uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish, buxgalteriya va statistik hisobni amalga
oshirish, namoyishlar matbuot konferensiyalari, mehnat jamoalari, jamoat
birlashmalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish kabi tashkiliy harakatlar
kuplab uchraydi.
Ijroiya hokimyatni amalga oshirishning asosiy shakli davlat boshqaruvining
60
huquqiy shaklini turlarga bo'lish anchagina diqqatga sozovordir. U ijroiya organlar
harakatining butun bir tizimidan iborat bo'lib, turli asoslarga ko'ra bir-biridan farq
qiladi:
1. Yuridik ifodalanish darajasiga ko'ra: asosiy(huquqiy hujjatlar chiqarish) va
unga asoslangan harakatlar, ya'ni muayyan yuridik oqibat keltirib chiqaruvchi yoki
muayyan yuridik yo'nalishga ega bo'lgan (ro'yxatga olish, ruxsat berish, nazorat
qilish, ogohlantirish, to'sib qo'ymoq, ta'minlamoq letsenziya berish).
2. Erishilgan notijoratlarga ko'ra : ijobiy (pozitiv) tartibga solish (ijtimoiy –
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini tasdiqlash) yoki davlat boshqarish soxasidagi
salbiy voqyealarga munosabat bildirish:
3. Hajmi bo'yicha: umumiy majburiy yoki aniq obektga muljallangan:
4. Kompentinsiyasiga kiruvchi masalalarni hal qilish harakteri va usullariga ko'ra
:Muayyan tartib (protsedura) asosida (boshqaruv hujjatlar tayyorlash va qabul
qilish) va protsessual (M: ma'muriy ish yuritish doirasida):
5. Subyekt bo'yicha ifodalanishga ko'ra : bir tamonlama ifodalangan yoki ikki va
ko'p tamonlama (ma'muriy-huquqiy shartnomalar)
6. Qo'lanish shartlariga ko'ra : normal ijtimoiy hayot yoki favqulodda yoxud
harbiy xolat rejimi:
7. Yuridik mazmunga ko'ra: ruxsat beruvchi, taqiqlovchi yoki majburlovchi.
Boshqaruv usuli davlat boshqaruv faoliyati funksiyalarini amalga oshirish,
uning maqsadlarga erishish vositasidir. Davlat boshqaruvining universal metodi
sifatida ishontirish va majburlash qabul qilingan.
Ishontirish usuli boshqarish jarayonida tushuntirish, tarbiyaviy, tashkiliy,
rag’batlantirishi vositalaridan keng foydalanishni anglatadi. Ishontirish usuli ko'p
shakillarda amalga oshiriladi: o'qitish, targ’ibot-tashviqot, tushuntirish, tajriba
almashishi, yo'l-yo'riqlar berish, reklama, boshqaruv xodimlarining aholi bilan
uchrashuvi va h…k..
Majburlash ishontirish usuli tegishli natija bermaganda, o'rnatilgan qoidalarni
bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida qo'llaniladi . majburlash usuli faqat qonun
asosida vakolatli organ tomonidan qo'llaniladi.
Davlat boshqaruvini amalga oshirishda nazoratning ham ahamiyati katta.
61
Muntazam ravishda turli yo'llar (kuzatish, tekshirish va h..k.). Bilan olib borilgan
nazorat ijroiya faoliyatning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
4. Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy jazo.
Ma'muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma'muriy
javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz
quluvchi g’ayri huquqiy, ayibli sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Shaxs, uning qilmishida ma'muriy huquqbuzarlik tarkibining barcha
elementlari mavjud bo'lgandagina, ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu
elementlar qo'yidagilardan iborat. Obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv
tomon.
Obyekt-ma'muriy jazo chorasi bilan muxofaza qilinadigan munosabatlar
hisoblanadi. Obektiv tomoni- qilmishning ma'muriy huquq normalarida qayd
qilingan tashqi namoyon bo'lishini tavsiflovchi belgilaridir. Ularning ichida eng
asosiysi nojuya qilmishning o'zidir (talon- taroj ,savdo qilish,saqlash bosh tortish va
h..k). Qilmish harakat va harakatsizlik ko'rinishlarida bo'lishlari mumkin.
Subyekti - uni sodir qilgan shaxs hisoblanadi.
Ma'muriy huquqbuzarlikning subyekti sifatida qo'yidagilar tan olinadi.
1. Indivudal subyektlar : fuqarolar va maxsus ma'muriy-huquqiy maqomga ega
bo'lgan shaxslar (transport haydovchilar, tashkilot xodimlari, rahbarlari, muqaddam
ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
2. Yuridik shaxs hamda yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanuvchi shaxslar.
O'zbekiston Respublikasining 2000y 15 dekabrdagi „Yuridik shaxslarning
qurilish soxasida huquqbuzarlik uchun javobgarligi to'g’risida”gi qonunida yuridik
shaxslarga ma'muriy jarima solinishi mumkinligi belgilab qo'yilgan.
Subyektiv tomoni – subyektning o'zining g’ayrihuquqiy harakati yoki
harakatsizligiga bo'lgan ro'xiy munosabatini anglatadi. U qasd yoki ehtiyojsizlik
shaklida ifodalanishi mumkin. Ayb - subyektiv tomoning zaruriy belgisi
hisoblanadi.
Ma'muriy jazo Ma'muriy javobgarlik to'g’risidagi kodeksning 22 - moddasiga
62
binoan ma'muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo'lib,u ma'muriy huquqbuzarlik
sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida
tarbiyalash, shunengdek anna shu huquqbuzarning o'zi tomonidan ham, yangi
huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi.
Ma'muriy javobgarlik to'g’risidagi kodeksga muvofiq ma'muriy jazo choralari
qo'yidagilardan iborat 1) jarima 2) ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etish qurolli
hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoning haqini to'lash sharti
bilan olib qo'yish: 3) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish qurolli hisoblangan yoki
bevosita , shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish: 4) muayyan shaxsni unga
berilgan maxsus xuquqdan (transport vositasini boshqarish huquqi ov qilish
huquqidan) mahrum qilish:
Do'stlaringiz bilan baham: |