DEPUTATLIKKA NOMZOD – qonunda belgilangan tartibda davlat hokimiyati vakillik
organlari deputatligiga nomzod sifatida tegishli saylov komissiyalari tomonidan ro’yxatga
olingan, passiv saylov huquqiga ega bo’lgan fuqaro. Davlat hokimiyati vakillik organlari
deputatligiga nomzodlar ko’rsatish siyosiy partiyalar tomonidan, qolaversa, xalq deputatlari
tuman, shahar kengashlari deputatligiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga esa siyosiy partiyalar
bilan bir qatorda, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |