www.ziyouz.com kutubxonasi
252
sollallohu alayhi vasallamning oldilarida o‘tirgan edilar. U kishi lablarini qimirlata
boshladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Lablaringni qimirlatib nima
deyapsan?" dedilar. Abu Umoma Bohiliy aytdilar: "Ey Allohning elchisi, odamlarning
sadaqa qilayotganini ko‘ryapman, menda sadaqa uchun hech narsa yo‘q, shu bois
ichimda subhanalloh valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb
aytyapman". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "Ey Abu Umoma,
bu kalimalarni aytish sen uchun miskinlarga bir mud tillo saqada qilganingdan
yaxshidir".
___________
Do'stlaringiz bilan baham: |