www.ziyouz.com kutubxonasi
234
571. U zot sollallohu alayhi vasallam yana aytadilar: "Mazlumlar qiyomat kunida najot
topgan kishilardir".
Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa o‘zing bilan Alloh o‘rtasidagi yetmish
gunoh bilan uchrashmog‘ing o‘zing bilan bandalar orasidagi bitta gunoh bilan
uchrashmog‘ingdan yaxshiroqdir".
Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Kishining qarzi bo‘la turib, yog‘ yeyishi yoki
ozginasidan ham foydalanishi durust emas".
Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Alloh taoloning kitobidan bir oyatni o‘qib, unga amal qilish
menga Qur’onni ming marta xatm qilishdan yaxshidir. Mo‘minni xursand etish va hojatini
chiqarish menga bir umr ibodat qilib o‘tishdan yaxshidir. Dunyoni tark etish va undan
bosh tortish menga yer va osmon ahllari ibodatini qilishimdan yaxshidir. Haromning bir
misqolchasini tashlashim menga yuzta halol mol bilan qilgan hajdan yaxshidir".
Abu Bakr Varroq aytadilar: "Imon ko‘pincha qalbdan o‘lim vaqtida sug‘urib olinadi.
Gunohlarimizga qaradik, gunohlar ichida imonni qalbdan eng tez sug‘urib oluvchisi
bandalarga yetkazilgan zulm ekan".
Abul Qosim Hakimdan so‘rashdi: "Bandani imondan ayiradigan gunoh bormi?" Aytdilar:
"Ha. Uch narsa bandani imondan ayiradi:
1. Islomga (ya’ni, musulmon bo‘lganiga) shukrni tark qilish.
2. Islomning ketib qolishdan qo‘rqmaslik.
3. Islom ahliga zulm qilish".
572. Anas (r.a.) rivoyat etadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishiga uch
narsani nasihat qilib aytdilar: "O‘limni eslashni ko‘paytir, shunda boshqa narsa bilan
mashg‘ul bo‘lishni tark qilasan, shukrni mahkam tut, u ne’matni ziyoda qiladi, duoni ham
mahkam tut, chunki duoing qachon mustajob bo‘ladi, bilmaysan. Uch narsadan seni
qaytaraman: Ahdni buzma, uning buzilishiga ham yordam berma, zulmdan saqlan. Kim
birovga zulm qilsa, Alloh taolo zulm ko‘rgan kishiga yordam beradi. Makrdan saqlan.
Chunki makr yomonlik keltiradi".
Zayd ibn Sumra aytadilar: "Jahannamda dengiz sohiliga o‘xshagan bir joy mavjud. Unda
tuyadek keladigan ilonlar, chayonlar bor. Agar jahannam ahli azoblarning yengil
bo‘lmog‘i uchun yordam so‘rasalar, sohilga chiqinglar, deyiladi. Chiqsalar, ilonlar
ularning lablaridan, yuzlaridan Alloh xohlaganicha tishlab olishadi. So‘ngra terilarini
shilishadi. Ular yordam so‘rab, do‘zaxga qochadilar. Ular qichima kasaliga giriftor
qilinadi. Terilarini qashiyverganlaridan suyaklari ko‘rinib ketadi. Shunda: "Ey falonchi,
senga bu hol azob beryaptimi?" deyiladi. U "Ha", deydi. "Bu hol sening bergan
aziyatlaring mahsuli, sen mo‘minlarga zulm qilarding", deyiladi.
Bu ma’no Alloh taoloning so‘zidan olingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |