"Zinoga yaqinlashmanglar, chunki u buzuqlikdir", ya’ni, zino qilmanglar,
zinodan saqlaninglar, chunki zino gunoh, yomonlik keltiradi va Allohning
g‘azabiga duchor qiladi. U shunday "eng yomon yo‘ldir" (Isro, 32). Naqadar
yomon yo‘l! Zinokorlar bu yo‘lni tutib do‘zaxga boryaptilar.
Alloh taolo aytadi:
"Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz" (An’om,
151). "Oshkorasi", ya’ni, kattasi – zino, "...va maxfiysi", ya’ni, o‘pishlik, silash-siypash,
hammasi zinodir.
533. Xabarda kelganidek: "Ikki qo‘l zino qiladi, ikki ko‘z zino qiladi".
Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |