"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!" (Fofir, 14) deb
aytgan.
Bu xususdagi ilm uch turlidir:
– sunnatdan farzni ajrata bilmoq, chunki namoz ana shu bilim bilan joiz bo‘ladi;
– tahoratdagi farz va sunnat amallarini bilmoq, bu bilish namozning tom bo‘lishi
sabablaridandir;
– shaytonning hiylasini bilmoq va unga qarshi urishishga ahd qilmoq.
Libosning to‘kisligi ham uch narsa bilan:
– uning asli halol bo‘lmog‘i;
– najosatdan pok bo‘lmog‘i;
– sunnatga muvofiq bo‘lib, faxr va takabburlik bilan kiyilmasligi.