Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
 
308. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamning har jum’a qilgan xutbalarini to‘rt yil izladim, lekin topa olmadim. Bir kuni 
bu xutbalar ansorlardan birida borligi ma’lum bo‘ldi. Uni izlab, Madinaga kelsam, u kishi 
Jobir ibn Abdulloh ekanlar (r.a.). Men u kishidan: "Siz Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamning har jum’a kuni qilgan xutbalarini eshitganmisiz?" deb so‘radim. U kishi: 
"Ha", deb javob qildilar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xutbalarini 
aytdilar: "Ey odamlar, sizlar uchun alomat – belgilar bor, ularning oldida to‘xtang, sizlar 
uchun chegara bor, uning oldida ham to‘xtang. Mo‘min banda ikki xavf orasida bo‘ladi: 
O‘tgan umri borasida unga Alloh qanday muomala qilishini bilmaydi va qolgan umri 
davomida unga nima taqdir qilganini bilmaydi, mo‘min banda nafsidan nafsi uchun, 
hayotidan o‘limi uchun, yoshligidan keksaygan payti uchun, dunyosidan oxirati uchun 
ozuqa tayyorlasin. Dunyo sizlar uchun yaratilgan, sizlar oxirat uchun yaratilgansizlar. 
Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘limdan keyin ayblash yo‘qdir. Dunyodan keyin 
yoki jannat, yoki do‘zax bo‘ladi. Bu so‘zimni tugataman, sizlarga va o‘zimga Allohdan 
mag‘firat tilayman". 
 
Sahl ibn Abdulloh Tustoriydan zikr qilinadi. U kishi mollarini Alloh toatida infoq etardilar. 
U zotning onasi va akalari Abdulloh ibn Muborak oldilariga kelib, shikoyat qilishdi: "Bu 
o‘g‘limiz hech narsani qoldirmay, odamlarga beraveradi. Bizlar uning kambag‘allikka 
tushib qolishidan qo‘rqamiz", deb. Abdulloh ibn Muborak yordam bermoqchi bo‘lib, 
Sahlni chaqirtirdilar. Kelganidan so‘ng, Sahl unga aytdilar: "Ey Abdurahmonning otasi, 
agar shaharlik bir kishi bog‘ sotib olsa va shahardan boqqa ko‘chishni xohlasa, shunda 
shaharda biron narsani qoldiradimi o‘zi bog‘da turib?" Abdulloh aytdilar: "Agar 
shahardan boqqa qo‘chmoqchi bo‘lsa, shaharda hech narsasini qoldirmaydi". Shunda 
aytdilar: "Bir kishi dunyodan oxiratga ko‘chayotgan bo‘lsa, qanday qilib bu dunyoda 
narsasini tashlab ketadi?" 
 
Faqih aytadilar: Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul 
bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar 
uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir. 
 
Juvaybir Zahhokdan rivoyat qiladi. Zahhok aytdilar: "Alloh taolo Odam bilan Havvoni 
yerga tushirganda, ular dunyo hidini topishdi va jannat bo‘yini yo‘qotishdi. Ikkalasini 
qirq kun dunyo bad bo‘yi o‘rab oldi". 
 
309. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Abadiy dunyo borligiga 
ishona turib, (foniy) dunyo uchun amal qiladigan kishiga juda ham taajjub!" 
 
310. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bir 
majlislarida o‘tirgan edim, yuzlari oppoq, sochlari chiroyli va rangdor, oq kiyimli kishi 
kelib, salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Vaalaykumussalom", deb 
javob berdilar. U kishi so‘radi: "Ey Allohning elchisi, dunyo nima?" "Uyqudagi tush. 
Uning ahli esa mukofotlanuvchi yoki azoblanuvchidir", deb javob qildilar. U kishi yana 
so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Oxirat nima?" "Abadiylikdir, bir guruh jannatda, bir guruh 
do‘zaxdadir", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Yana savol qildi: "Ey 
Allohning elchisi! Jannat nima?" "Dunyoni tashlagan kishiga (dunyoning) o‘rniga abadiy 
ne’matni berishdir", dedilar. "Ey Allohning elchisi, jahannam nima?" "Dunyoni talab 
qiluvchiga (dunyoning) o‘rniga beriladi, ahli undan hech ajralmaydi". Savol-javob yana 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish