www.ziyouz.com kutubxonasi
136
XXV BOB. HIRS VA UZUN ORZU
Abu Dardo (roziyallohu anhu) aytadi: «Nimagadir olimlaringizning ketyaptiyu,
johillaringiz ta’lim olmayaptilar. Ilm ko‘kka burilib ketmasdan oldin ilmni egallab olinglar.
Sizlarga ishonib topshirilgan narsani zoe’ qilyapsizlar. Men sizlarning yomonlaringizning
otlarini, hamma a’zolarini bilib, zo‘r davolaydigan tabibdan yaxshi bilaman. Ular zakot
ado qilishmaydi. Magar qarzning evaziga ado qilishadi. Namozlarini oxirgi vaqtdagina
o‘qiydilar va Qur’onning odobidan tashqari eshitadilar va qo‘llarini ozod qilmaydilar».
Faqih aytdi: Hirs ikki ko‘rinishida bo‘ladi: yomon hirs, yomon bo‘lmagan hirs. Uni
tashlashlik afzaldir. Yomon hirs: U Alloh taolo buyurgan ishlardan boshqasi bilan
shug‘ullanib qol-mog‘idir. Molni ko‘paytirish yoki ko‘paygan molidan faxrlanish uchun
yig‘adi. Yomon bo‘lmagan hirs: Alloh taoloning buyruq-laridan lozimlarini tark
etmasligidir: molni yig‘ishni u bilan faxrlanishni xohlaydi. Bu yomon bo‘lmagan hirsdir.
Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ba’zilari dunyoni (molni) yig‘ar, jam
qilardilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ularga munkir bo‘lmadi. Agar ular tark qilsa, afzaldir.
Chunki uni tark qilishi afzal ekanligi ravshan bo‘ldi.
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, bu xabarda ravshan qildiki, hirs qilishlik yomon,
vaqtiki Allohning amrlari zoe’ bo‘lsa. Chunki aytdi: «Alloh sizlarga taklif qilmagan
narsalarga hirs qilasizlar. Ya’ni rizqlaringizda, uni talab qilishda hirs qilasizlar va sizlarga
ishonib yuklatilgan narsani zoe’ qilasizlar, ya’ni toat ishini».
«Qullarni ozod qilmaydilar», degan so‘zning ma’nosi: qullarni ishlatgan kabi hurlarni
ham ishlatadilar, dunyoga hirs qilib.
Aytdilar: Hafsa onamiz otalari Umarga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Ey ota, Alloh
taolo sizga yaxshilikni ko‘p qildi va rizqingizni keng qilib berdi, yaxshi ovqatlaringizdan
yemaysizmi? Yumshoq, yaxshi kiyimlaringizni kiymaysizmi?»
Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Yaqinda o‘zingga hukm chiqarasan». Keyin
Payg‘ambarda nima bo‘lgan bo‘lsa, eslatdi. U yerda yana Hazrati Alining qullari va
Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, xotinlari Ruqiya ham bor edi. bularni eshitgandan
keyin ikkovlari ham yig‘lab yuborishdi. Keyin aytdi: «Mening ikki sohibimning yo‘llari shu
edi. Agar men ikkovi yurgan yo‘ldan boshqasidan yursam, ikkovining yo‘lidan boshqa
yo‘lga kirgan bo‘laman. Mening Allohga qasamimki, ulardek yashashga sabr qilaman.
Shoyadki men ikkovlari bilan birga rohatlik hayotni topa olsam».
Masruq aytdi: Oyisha onamizga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdim: «Ey onajon,
Payg‘ambar (s.a.v.) uyga kirganlarida qaysi gapni ko‘p aytardilar?» Dedilar: «Uyga
kirayotganda eng ko‘p aytadigan so‘zlari: «Agar odam farzandiga ikki vodiy to‘la tilla
bo‘lsa ham, uchinchisini xohlaydi. Odam farzandining ichi tuproq bilangina to‘ladi. Alloh,
kim tavba qilsa, tavbasini qabul qiladi va Alloh taolo bu dunyoni (molni) namozni ado
qilishlik uchun va zakotni ado qilishlik uchun beradi».
280. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardar (s.a.v.) rivoyat qildi:
«Odam farzandida hamma narsa qariydi, lekin hirs va orzu-istak qarimaydi».
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdilar: «Sizlardan men
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |