www.ziyouz.com kutubxonasi
117
XXI BOB. IHTIKOR
242. Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, Muammar ibn Abdulloh
Adaviydan rivoyat qiladi: «Payg‘ambarning (s.a.v.) mana bunday deganlarini
eshitganman: «Xatokor odam ihtikor qiladi».
243. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
«Kimki ovqatni qirq kun saqlab tursa, u Allohdan bezor bo‘libdi, Alloh ham undan bezor
bo‘ladi».
244. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi:
«Chetdan mol olib keluvchi rizqlangandir, ihtikor qiluvchi la’natlangandir».
Chetdan mol olib keluvchi o‘sha yeguliklarni sotish uchun sotib oladi va uni o‘z shahriga
olib borib sotadi. U rizqlangandir. Chunki odamlar bundan foydalanadilar va u
odamlarning duosiga musharraf bo‘ladi. Oziq-ovqatni yig‘ib qo‘yuvchi yemaklarini man
qilish uchun sotib oladi va odamlarga zarar beradi.
245. Sha’biy rivoyat qiladi: «Bir kishi o‘g‘lini kasbli qilmoqni xohladi. Bu to‘g‘rida
Payg‘ambar (s.a.v.) bilan maslahatlashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: «O‘g‘lingni
bug‘doy sotuvchiga bermagin, qassobga ham bermagin, kafan sotuvchiga ham
bermagin. Chunki oziq-ovqatni qirq kun saqlab sotib, Allohga yo‘liqishdan ko‘ra,
aroqxo‘r, zino-kor holatda yo‘liqishi yaxshiroqdir. Qassob esa hayvonni so‘yayotganida
uning qalbidan rahmat ketadi, kafan sotuvchi bo‘lsa, bu ummatning o‘lishini xohlaydi.
Mening ummatimdan tug‘ilganlar menga bu dunyodan va undagi narsalardan
suyukliroqdir».
Faqih aytadi: Mol to‘plash degani, yegulik narsalarni o‘z shahrida sotib oladi va
sotishdan to‘xtab turadi. Odamlar unga hojatmand bo‘ladi. Qaytarilgan ihtikor mana
shudir. Ammo yeyiladigan narsani nobud bo‘lishidan yoki boshqa shaharga jo‘natish
uchun olib qo‘ysa, u ihtikor bo‘lmaydi. Lekin odamlar unga hojatmand bo‘lsa, afzal ish
sotishdir. Uni sotishdan to‘xtatib turish gunohkor bo‘lishdir. Niyati yomonligi bilan yoki
musulmonlarga shafqati kamligi uchun muhtakir kishini o‘sha yeyishlikni sotishga
majbur qilish lozim bo‘ladi. Agar bundan qaytmasa, ta’zir va odob beriladi. Lekin uning
narsasiga narx qo‘yilmaydi. Unga: «Odamlar sotganidek sotgin», deb aytiladi.
246. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilarki: «Men narx qo‘ymayman. Albatta, Alloh taolo
narxni belgilovchidir».
247. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Qimmatchilik va arzonchilik Allohning askaridir.
Birining ismi rag‘bat, ikkinchisi rahbat.1 Vaqtiki, Alloh taolo arzon qilishni xohlasa,
odamlarning qalbiga qo‘rqinchni tashlaydi. Shundan so‘ng, ular o‘zlaridagi narsalarni
chiqaradilar va arzonga sotadilar. Agar Alloh taolo qimmat qilishni xohlasa, odamlarning
qalbiga rag‘batni tashlaydi. Ular o‘z qo‘llaridagi narsalarni saqlaydilar».
Zikr qilindi: Bani Isroil qavmidan, zohidlardan biri qumtepaning oldidan o‘tib qoldi. U
o‘zicha orzu qildiki: «Mana shu qumlar bug‘doyga aylansa va ochlik yetgan bani Isroil
qabilasini to‘ydirsa», deb.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |