www.ziyouz.com kutubxonasi
114
sifatladi. Chunki ular o‘zlariga:
«Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-
havo qilgan edilar» (Vas-saffot, 35). Va aytdi:
«Horun, Fir’avn va Homonni ham (halok qildik). Darhaqiqat, Muso ularga
(o‘zining payg‘ambar ekanligini dalolat qiladigan) aniq hujjatlar keltirganida,
ular yer (yuzi)da kibru havo qildilar va (bizning azobimizdan) qochib
qutilguvchi bo‘lmadilar» (Ankabut, 39). Va aytdi: «Albatta, Menga ibodat
etishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarida
jahannamga kirurlar» (G‘ofir, 60).
Va aytdi: «Aytildi:
«Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o‘sha joyda mangu qolursizlar!»
Bas kibr-havo qilguvchi kimsalarning joylari naqadar yomondir!» (Zumar, 72).
Va aytdi: «Albutta, ul Zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl, 73).
Albatta, Alloh taolo tavozu’ ahlini maqtadi va aytdiki: «Rahmonning (suyukli)
Do'stlaringiz bilan baham: |