xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga
musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizda afsus-nadomat chekib
qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib
ko‘ringlar”. Ya’ni agar fosiq sizlarga xabar keltirsa, bu ishga qaranglar, shoshilmanglar,
qavmga johillik bilan musibat yetkazib qo‘ymanglar.
Ikkinchi, siz uni bu ishdan qaytaring, chunki yomon ishdan qaytarishlik vojibdir.
Alloh taolo aytadi:
“(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi
bo‘ldingiz. Zero, siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz”
(Oli Imron, 110).
Uchinchi, Alloh yo‘lida uni yomon ko‘ring, chunki osiyni yomon ko‘rish vojibdir. Zero,
Alloh taolo osiyni yomon ko‘radi.
To‘rtinchi, birodarlaringizga yomon gumonda bo‘lmang. Chunki musulmon kishiga
yomon gumon qilishlik harom.
Do'stlaringiz bilan baham: |