www.ziyouz.com kutubxonasi
95
odam qirg‘oqqa chiqaman desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh bilan urib, daryoga
qaytarib tushirib yuborardi. U yana chiqaman desa, tag‘in urib tushirib yuborar edi. “Bu
nima?”, desam, ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Keyin ko‘rinishi xunuk bir odamning
oldiga keldik, uning atrofida katta alanga bor, unga o‘t tashlar-di va atrofida sai’ harakat
qilardi. “Subhonalloh, bu nimadir?” dedim. Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Biz bu gal
yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor edi, uning tagida bir
chol bir to‘da bolalar bilan o‘tirardi. Men shu choqqacha bunday muhtasham uyni
ko‘rmagan edim. Uning ichida chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor ekan. Keyin meni
daraxtning yuqorisidagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham
muhtashamroq va fayzliroq edi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan ekan. Men
sheriklarimga qarab: “Bu kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni aytib
tushuntirib beringlar”, dedim. Ular: “Bo‘pti”, deb menga tushuntira ketdilar. Boshi
majaqlanayotgan odam, Qur’ondan bexabar bo‘lib, u kechalar g‘aflat uyqusida yotgan,
kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab azob berilgaydir.
Va lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob, yolg‘onchi bo‘lib, uning gaplari
ufqqa qadar yetib borgandir. Unga o‘zing ko‘rganingdek azob berilgaydir. Chuqurda
ko‘rganlaring zino qilgan odamlardir. Daryoda ko‘rganlaring sudxo‘rlardir. Daraxt tagida
o‘tirgan chol esa, Ibrohim alayhissalom, atrofidagi bolalar odamlarning norasida yoshda
vafot etgan bolalaridir. O‘t yondirayotgan kishi – o‘t yoquvchilar boshlig‘i. Sen kirgan
birinchi uy umum mo‘minlar uyidir. Ammo keyingi uy esa shahidlarniki, men bo‘lsam
Jabroildirman, bu esa Mikoildir”.
“Bir kishi so‘radi: “Mushriklarning farzandlari-chi?” deb. Aytdilar: “Mushriklarning ham
bolalari Ibrohim alayhissalomning oldilarida bo‘ladi”.
Mushriklarning bolalari to‘g‘risida har xil xabarlar kelgan. Ba’zilar jannat ahli uchun
xizmatchi bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar, ular do‘zax ahlidandir, deyishadi. Alloh
bilguvchiroqdir.
Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadi: “So‘zlarning to‘g‘risi – Alloh kalomi;
gapning ulug‘rog‘i – Allohni zikr qilish; ko‘rlikning eng yomoni qalb ko‘rligidir. Ko‘p bo‘lib,
naf bermaganidan, oz bo‘lib, naf bergani yaxshi. Pushaymonning yomoni qiyomat
kunidagi pushmaymondir. Boylikning yaxshisi nafs va qalb boyligidir. Ozuqaning yaxshisi
taqvodir. Aroq gunohlarning jam qiluvchisidir. Xotinlar shaytonlarning iplaridir. Yoshlik
jinnilikdan bir bo‘lakdir. Kasblarning yomoni ribo (sudxo‘rlik) kasbidir. Xatolarning
ulug‘rog‘i tilning yolg‘onchiligidir”.
203. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Yolg‘onchilik uch narsada durust bo‘ladi:
urushda, chunki urush aldashlikdir, ikki kishining orasini isloh qilishda; er-xotinning
orasini isloh qilishda”.
Ba’zi tobe’inlardan rivoyat qilindi: “Bilingki, to‘g‘rilik avliyolarning ziynatidir, albatta,
yolg‘onchilik badbaxtlarning alomatidandir”.
Alloh taolo o‘z kitobida bayon qilganidek:
Do'stlaringiz bilan baham: |