“Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin
harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar...” oyatidan
to:
“Alloh ularning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo‘yur.
Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Furqon, 68, 70) oyatigacha nozil
bo‘lganda sen qaerda eding”.
So‘ngra Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilaridan chiqdim, men Madina ko‘chalarida yugurar
va kecha mendan fatvo so‘ragan ayolni menga kim dalolat qiladi, deb so‘rar edim.
Bolalar, Abu Hurayra jinni bo‘libdi, derdilar. Keyin kechasi o‘sha xotinni oldingi joyida
uchratdim. Va Payg‘ambarning (s.a.v.) aytganlarini unga bildirdim. Va unga tavba
borligini aytdim. Xursandchiligidan qichqirib yubordi va: “Mening bir bog‘im bor, o‘shani
qilgan gunohim uchun kafforat etib, kambag‘allarga sadaqa qildim”, deb aytdi”.
Alloh kalomida zikr qilindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |