Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1.1-topshiriq.
Ajratilgan so‘zlarni sinonimlari bilan almashtiring. So-
dir bo‘lgan uslubiy va grammatik o‘zgarishlarni aniqlang. Hikoyadan chiqargan
xulosangizni bir jumlada ifodalang.
HIKOYAT
Sulton Mahmud o‘tin orqalab ketayotgan bir cholni uchratib, rahmi
kelibdi:
– Hoy qariya, – debdi u, – shu og‘ir mehnatdan qutulishing uchun
senga uch-to‘rt dinor oltin beraymi yoki bitta eshak bersam bo‘ladimi,
uch-to‘rt qo‘y in’om qilaymi yoki biror bog‘ ajratib beraymi?
– Ey sultonim, oltin bersang, belimga bog‘lab olar edim, bergan
eshagingni minib, qo‘ylarni oldimga solib, bog‘ga borar edim va qolgan
umrimni seni duo qilib chorbog‘da o‘tkazar edim, – debdi chol.
Sultonga bu gap ma’qul tushib, xuddi shunday qilishga farmon
Do'stlaringiz bilan baham: |