Ayollar jinsiy bezlari gormon preparatlari
Tuxumdonda gormonlar follikulalarda (estrogenlar) va sariq tanada (gestagenlar) xosil
bo‘ladi.Estradiol follikulalarning asosiy gormoni bo‘lib, tuxum xujayralarining rivojlanish jarayonida
xosil bo‘ladi. Organizmda estradioldan (asosan jigarda) qon va peshobda estron va estriol xosil bo‘ladi.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bu brikmalar steroid qatoriga mansub. Estrogenlar jinsiy a'zolar va
ikkimlamchi jinsiy belgilarni rivojlanishi uchun zarur. Ular ta'sirida xayz siklining birichi yarimida
endometriy proliferatsiyasi ro‘y beradi.
Tuxum xujayra yetilgach follikula yoriladi – ovulyasiya boshlanadi. Follikula o‘rniga sariq tana xosil
bo‘ladi. Progesteron sariq tananing asosiy gormonidir. Jigarda u peshob tarkibida ajraladigan
pregnandiolga aylanadi
1
. Gestagenlar (progestagenlar), estrogenlar kabi, steroid tuzulishli birikmalar
qatoriga mansubdirlar. Gestagenlar xayz ko‘rish siklining ikkinchi yarimida (sekretor faza) bachadon
shilliq qavatining keyingi transformatsiyasini amalga oshishiga, tuxum xujayrasi urchiganda – detsidual
parda va yo‘ldoshni shakllanishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, xomilani xomiladorlik davrida
rivojlanishi uchun sharoit tayyorlanadi. Shu sababli sariq tana goromoni ko‘pincha xomiladorlik
goromoni deb ataladi. Yo‘ldosh xam gestagen va estrogen gormonlar manbasi xisoblanadi. Yo‘ldosh
ta'sir xususiyatlari bo‘yicha gipofiz oldingi bo‘lagi gormoniga xos bo‘lgan xorionigonik gonadotrop
goromon (lyuteinizatsiyalovchi) ajratadi. Angar tuxum xujayrasi urchimasa, sariq tana teskari
rivojlanishga uchraydi va xayz ko‘rish bachadon shilliq qavatining ko‘chishi kuzatiladi. Jinsiy bezlar
gormonlarining ishlab chiqarilishi gipofizning oldingi bo‘lagining gonadotrop gormonlari boshqaradi.
Estrogen va gestagen maxsus retseptorlar bilan boglanib xujayra ichida ta'sir ko‘rsatadilar.Asosiy
ta'sir joyi bu xujayra yadrosi bo‘lib, u yerda estrogen yoki gestagen retseptor kompleksi (majmuasi)
DNK bilan brikadi va shu yo‘l bilan oqsil sinteziga ta'sir ko‘rsatadi. Estrogen va gestagen
(progestagen)lar ta'sir ko‘rsatuvchi retseptorlarning eng ko‘p miqdori bachadon, qin, sut bezlari, xamda
gipotalamus va gipofizning oldingi bo‘lagida joylashgan.
Ayollar jinsiy gormon preparatlarining spetsifik faolligi ba'zan biologik standartizatsiya usuli
bilan aniqlanadi. Estrogenlarni axta qilingan sichqon yoki kalamushlarda kuyikish chaqirish (estrus)
xossasi asosida sinaladi. Estrogenlar ta'sirini jonivorlar qinidagi ajratmadan tayyorlangan surtma
xarakteriga ko‘ra xukum chiqariladi. Osoyishtalik davrida (anestrus) surtmada shilliq, leykotsitlar va
juda kam miqdorda yadroli epitelial xujayralar aniqlanadi. Kuyikish davrida surtmada ko‘p miqdorda
yadrosiz dag‘allashgan epitelial xujayralar aniqlanadi. Bir ta'sir birligi (1 TB) 0,1 mkg estron faolligi
mos keladi.
Gestagenlarni biologik standartizatsiyalashni balog‘atga yetmagan urg‘ochi quyonchalarda
o‘tkaziladi. Ma'lum sxema bo‘yicha jonivorlarga avval estron, so‘ngra progesteron kiritiladi. Bunda
soxta xomiladorlik rivojlanadi. Bachadon shilliq qavatining o‘zgarishlari taxminan xomiladorlikning 8-
kuniga mos kelishi kerak (gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi). Bir ta'sir birlik ( 1TB) 1 mg kristallik
prgesteron faolligiga teng.
_________________________________________
1
Estrogen va progesteronlar almashinuvi maxsulotlari glyukuron va sulfat kislota bilan kon'yugatlar
ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |