Proportsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab chiqarishni
boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proportsiyalarga amal qilish ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo`yicha hamda ishlab chiqarish
bosqichlarida to`g’ri taqsimlanishiga va ulardan to`g’ri foydalanishga ko`maklashadi.
Proportsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha, ishlab chiqarishning ba`zi uchastkalarda
kuchayib, boshqalarida pasayishiga, ya`ni disproportsiyalarning vujudga kelishiga hamda
korxonalarning noritmik tarzda faoliyat yuritishiga sabab bo`ladi. Zaruriy proportsionallikni
ta`minlashda ishlab chiqarishni tashkil etishni texnik-iqtisodiy me`yorlashtirish katta rol’
o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |