Bashoratning maqsadi - bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo`jalikning
umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste`molchi
va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning
barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish
istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni
bashorat qilish muhim ahamiyatga ega bo`lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va
miqdorining o`zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, bashorat rejalashtirishning
ilmiy asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |