Tartib va adolat – boshqaruvning har bir qadamda o`zini eslatib turuvchi tamoyilidir.
Ko`p hollarda aynan shu tamoyilga ko`ra korxona va uning rahbariga tavsifnoma beriladi.
Korxona rahbari qanchalik bilimli, tajribali, uning kasb mahorati va madaniyati qanchalik yuqori
bo`lsa hamda u jamoa to`g’risida qanchalik ko`p qayg’ursa, tartib, adolat ko`rsatkichlari
shunchalik yuqori bo`ladi. qisqaroq qilib aytganda, tartib – bu, har bir kishi va hamma narsa o`z
joyida bo`lishini, adolat esa rahmdillik va odillikning uyg’unligini anglatadi. Boshqaruvning
tartib va adolat tamoyili kadrlar tez-tez almashishining oldini olib, korxona obro`ining o`sishiga
hamda bunga korxona jamosini qiziqtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |