Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/149
Sana21.07.2021
Hajmi1,6 Mb.
#124695
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Fanning  maqsadi  ta`lim  olayotganlarga  amaliy  iqtisodiy  bilimlarni,  shuningdek, 

mustaqil  fikrlash  hamda  olingan  axborotlar  va  mustaqil  o`rganish  yordamida  korxona 

iqtisodiyoti muammolari(masalalari)  bo`yicha qaror qabul qilish ko`nikmalarini  singdirishdadir. 

Yanayam  aniqroq  aytadigan  bo`lsak,  gap  bo`lajak  mutaxassislarni  ishlab  chiqarishni  tashkil 

qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonaning xarajat va 

daromadlari  qanday  yuzaga  kelishi  hamda  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  imkoniyati 

mavjud bo`lgan yo`llarni topish haqida bormoqda. 

Biroq  shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  istalgan  bilimlar  doimo  to`ldirib  va 

mukammallashtirib  borilmas ekan,  eskirib  qolishi  hamda  korxonalar  hayotida  vujudga  keluvchi 

turli  xil  vazifalarni  hal  qilishga  yaramay  qolishi  mumkin.  Gap  shundaki,  fan-texnika  va 

iqtisodiyotning  rivojlanishi  qo`shimcha  bilimlar  chegarasini  kengaytiradi  hamda  korxona 

xodimlarining  hozirgi  kun  talablariga  javob  beruvchi  bilim,  ko`nikma  va  malakaga  ega 

bo`lishlarini  talab  qiladi.  Shu  sababli  olingan  axborotlar,  o`rganilgan  formula,  atama  va 

kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to`ldirib, fan va xo`jalik 

amaliyotining  so`nggi  yutuqlari  asosida  rivojlantirib  borish  lozim.  Olingan  bilimlar  faqat  shu 

asosdagina  amaliyotda  qo`llanib,  jamiyatning  bevosita  ishlab  chiqarish  kuchiga  aylanishi 

mumkin. 

«Korxona  iqtisodiyoti»  fan  sifatida  boshqa  iqtisodiy  fanlar  bilan,  jumladan,  «Iqtisodiy 

nazariya», «Mikro va  makroiqtisodiyot», «Sanoat  iqtisodiyoti», «Lizing», «Korxonalarda ishlab 

chiqarishni tashkil qilish», «Xomashyo yetkazib berish va mahsulotni sotishni o`rganish» fanlari 

bilan  chambarchas  bog’liq  bo`lib,  unda  korxonalarning  tashkiliy  tuzilmasidan  tashqari  joriy  va 

istiqboldagi  ishlab  chiqarishni  rejalashtirish,  mehnat  iqtisodiyoti  va  sotsiologiyasi  o`rganiladi 

hamda mehnatni tashkil qilish va haq to`lashning asoslari ishlab chiqiladi. 

Korxona iqtisodiyoti korxonalar faoliyati va butun xalq xo`jaligi rivojlanishining miqdor 

ko`rsatkichlarini  sifat  ko`rsatkichlaridan  ajralmagan  holda  o`rganuvchi  «Iqtisodiy  statistika» 

bilan,  shuningdek,  joriy  va  istiqboldagi  ishlab  chiqarishni  hamda  ishlab  chiqarish 

texnologiyalarini  rivojlantirish  uchun  zarur  bo`lgan,  Korxonalar  xo`jalik  faoliyatining  tahlili 

bilan  ham  bog’liq.  Gap  shundaki,  korxonalar  hayotida  ro`y  berayotgan  iqtisodiy  jarayonlarni 

texnika  va  texnologiyalarni  bilmasdan  o`rganishning  iloji  yo`q.  Fan-texnika  taraqqiyoti 

sharoitlarida  texnika  va  texnologiyada  jadal  sur`at  bilan  yuz  berayotgan  o`zgarishlar  nafaqat 

ishlab  chiqarish  xususiyatlarida,  balki  ayirboshlash,  taqsimlash  va  iste`mol  qilish  hamda  ishlab 

chiqarishning  iqtisodiy  natijalarida  ham  aks  etadi  va  shu  sababli  mazkur  fanni  o`rganishda 

hisobga olinmasligi mumkin emas. 

Mazkur  fanning  “Korxonalar  xo`jalik  faoliyatining  tahlili”  fani  bilan  o`zaro  aloqasini 

alohida ko`rsatib o`tish kerak. Bunda  ishlab chiqarishning moliyaviy  va  boshqa  jihatlariga  baho 

berish,  zaxiralarni  aniqlashdan  tashqari,  bashoratlash  yordamida  korxona  rivojlanishining 

istiqbollari  aniqlanadi.  Xorijiy  mamlakatlar  amaliyotining  guvohlik  berishicha,  korxona,  firma 

va  kompaniyalarning  ko`pchiligi  ishlab chiqarish  menedjerlari  va  iqtisodchilarning  yuqori  kasb 

malakasi  va  o`z  sohasidagi  chuqur  bilimlari  evaziga  muvaffaqiyatlarga  erishib,  yuqori 

daromadga  va  ishlab  chiqarish  imidjiga  ega  bo`lmoqda.  Shu  sababli  korxona  iqtisodiyotini 

yaxshi  bilishning  o`zi  kamlik  qilib,  bo`lajak  mutaxassisning  iqtisodiy  fikrlash  doirasini 

kengaytirish  va  uning  xalq  xo`jaligida  o`z  o`rnini  topishini  shakllantiruvchi  boshqa  iqtisodiy, 

texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi. 


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish