Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalarning



Download 166,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2021
Hajmi166,85 Kb.
#124395
Bog'liq
SAYOHATCHI VA TURIST HAQIDAGI TUSHUNCHALARNING (ESSAY)



SAYOHATCHI VA TURIST HAQIDAGI TUSHUNCHALARNING  

MOHIYATI  

(Essay) 

 

Jahon xalqlarining tilida «turizm» tushunchasi lotin tilidan «tourmus» aylana bo’ylab 



harakat mazmunini beradi. Ba’zan frantsuzcha «tour» ya’ni ketgan joyga qaytib kelish 

maqsadida qaytib qilingan sayohat ham deb tushuniladi. Turizm haqidagi 

tushunchalarni turkumlab hozirgi davrda quyidagicha izohlash mumkin. Turizm 

kishilarning doimiy yashash joylaridan sog’lomlashtirish, o’rganish yoki kasblari 

bo’yicha haq to’lanmaydigan faoliyat sifatida vaqtincha mamlakatdan chiqishlaridir.

 

XIV asrdagi lug’atda qiziqarliroq bo’lgan ma’lumot bor «zavq olish uchun qiladigan 



ishi bo’lmagani uchun, hattoki keyinchalik maqtanib yurish uchun sayohat qiluvchi 

g’aroyib odamlar»- degan ta’rif mavjud. 

Vebster tuzgan lug’atda «turist» so’ziga «zavq olish yoki qiziquvchanlik yuzasidan 

sayohat qiluvchi kishi» deb ta’rif berilgan. Sayohat va turizm biznesning bir-biriga 

aloqador sohalar majmui bo’lib, ular sayohatchilarga u yoki bu tarzda xizmat qiladi. 

Bu ishda sayohatchilar agentligining muhimligi barchaga birdek ayon. Bevosita bu 

ishga aviakompaniyalar ham jalb qilinadi. SHuningdek, mashina ijarasi, temir yo’llar, 

avtobus bosib o’tadigan yo’llari, mehmonxona va restoranlar masalasi ham muhimdir. 

Ushbu guruhning jami turizm tuzilmasini tashkil qiladi. Boshqa omillar reklama, 

xukumat siyosati, umumiy iqtisodiy sharoit, valyuta kursi, davlatlarning o’zaro 

munosabatlari, dam olish joyining xavfsizligi va obro’ e’tibori ham albatta turistik 

biznes muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Turizm tarixi iqtisodiyot, texnologiya va 

jamiyat tarixi bilan uzviy bog’liq. Sayohat texnologiyasining rivoji sayohatning tezligi 

qulayligi va bahosini o’zgartiribgina qolmay, balki jamiyat va iqtisodiyotga ham ta’sir 

o’tkazadi. Sayohat XX asrda avtomobil va reaktiv dvigatelli samolyotlar xisobiga 

zamonaviy tus oldi. Lekin qadim zamonlarda ham sayohat savdo-sotiq, jangu-jadal va 

diniy maqsadlarda uyushtirib turilgan. 

Vatanimiz va xorij ilmiy adabiyotlarida turizmning ta’riflari miqdori juda ko’p. Bunda 

ko’plab mualliflar turizmni tanishuv, madaniy va ta’lim jihatidan tariflashadi. 

Xorijiy adabiyotlarda turizmning umumiy muammolarini to’g’ri tushunish uchun 

faqat tizimli yondoshish orqali maqsadga erishish mumkin deya ta’kidlashadi. 

Frantsuz tadqiqotchisi Kaspar turizmning texnologik, siyosiy, ekologik, ijtimoiy, 

iqtisodiy o’zaro aloqalarini aniqlab olishni taklif etadi. 

Turizm masalalari bo’yicha xalqaro maslahatchi K.Rixter sohaga umumiy ta’rif berib, 

doimiy yashash va ish joyidan boshqa joyda bo’lish, insonlarning sayohat qilishi bilan 

bog’liq o’zaro aloqalar va holatlar kompleksi sifatida tavsiflaydi

1



Bunda K.Rixter turizm tadqiqotlarining alohida yo’nalishlarini ajratib ko’rsatadi va u 



iqtisodiy fan uchun qiziqarli bo’lib, sayyohlar uchun ishlab chiqariladigan o’ziga xos 

tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi sub’ekt faoliyatini o’rgangan. Bu esa 

sayyohlik talabi tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. 



1975 yilda tashkil etilgan xukumatlararo Butunjahon Turistik Tashkiloti «tashrif 

buyuruvchi» tushunchasini ishlatganda ikki guruh oqimni ajratishni tavsiya etgan. Bu 

oqimlar: 

 

 



• 

 

sayyoh, ya’ni 24 soat muddatdan kam bo’lmagan muddatda dam olish, 



davolanish, o’quv 

yoki diniy faoliyat

, ishbilarmonlik uchrashuvi yoki sport 

musobaqalarida ishtirok etish hamda qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida 

yashash joyini tark etgan kishi; 

• 

 



ekskursant, tashrif buyurgan mamlakatida 24 soatdan kam bo’lmagan 

muddatda bo’lib turgan vaqtinchalik tashrif buyuruvchi. Bu dunyo bo’ylab 

sayohatga chiqqan kema yo’lovchisi portga kelgandan so’ng ekskursiya 

qiluvchi kishidir. Bu toifaga havo yo’lovchilarini kiritmaydilar, huquqiy 

jihatdan bu yo’lovchilar chegarani kesib o’tmaydi. 

 

Bu holatni P.G.Oldak umumlashtirib quyidagicha ta’riflaydi: «turizm deganda hozirgi 



zamon tushunchasi bo’yicha yashash va ishlash joyini o’zgartirish bilan bog’liq 

bo’lmagan aholining barcha harakati turlari tushuniladi…»

2

.

 



Turizm — alohida iqtisodiy tarmoq, rivojlanishi iqtisodiy qonunlariga ega bo’lgan 

xizmat ko’rsatuvchi tarmoq bo’lib, o’ziga ko’p tashkilotlarni biriktirgan faoliyat 

ko’rsatuvchi sohadir

3

. 1989 yildagi turizm bo’yicha Gaaga deklaratsiyasida turizm 



tushunchasi: «bu doimiy yashash va ish joyidan kishilarning har qanday erkin ko’chib 

yurishi, shuningdek, ushbu ko’chib yurishlar oqibatida vujudga keladigan ehtiyojlarni 

qondirish uchun xizmat ko’rsatish sohasini yaratishdir» deb talqin etiladi. 

Turizmga doir Amerika darsliklarida «turizm — xalqlarning hayotida katta 

ahamiyatga ega bo’lgan faoliyat; mamlakatlarga valyuta tushumi manbai; xizmat 

ko’rsatish sohasidagi uchinchi industriya» tarzida ta’rif beriladi. Professor Karolin 

Kuperning fikriga ko’ra, «turizm — xalqaro miqyosda samarali raqobat kurashi olib 

borish uchun zarur bo’lgan, valyuta oqimini vujudga keltirishda qo’llanishi mumkin 

bo’lgan qudratli iqtisodiy quroldir». Amerika professori Jon Voker «turizm - bu fan, 

san’at va biznes, xursandchilik uchun sayohat qilayotgan va ish yuzasidan kelgan 

kishilarni jalb qilish, joylashtirish va ko’nglini ochishdir» deb ta’rif beradi. BMT 

Statistika Komissiyasi «turizm — sayohat qiladigan va dam olish uchun, ish va 

boshqa maqsadlar bilan bir yo’la bir yildan oshmaydigan davr mobaynida odatdagi 

muhitdan tashqarida bo’lgan joylarga kelishni amalga oshiradigan shaxslarning 

faoliyatini qamrab oladi» deb hisoblaydi

4

. ekspertlarning fikricha, ushbu keng 



kontseptsiyadan foydalanish turizmni mamlakatlar o’rtasida, shuningdek bir 

mamlakat doirasida ajratish imkonini beradi. «Turizm» tashrif buyuruvchilar 

faoliyatining barcha turlariga, jumladan yotib qoluvchi keluvchilarga va bir kunga 



keluvchilarga ham tegishli bo’ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda turizmga turli 

yondashuvlar mavjud bo’lib, uning mohiyati turlicha talqin etiladi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Sayyohlik va turizm statistikasi bo’yicha 

Xalqaro konferentsiyasining 1992 yilda Butunjahon Turistik Tashkiloti tasdiqlagan 

hujjatlarida «Turizm bu — sayohatlar va sayohatchining odatdagi muhit doirasidan 

tashqarida bo’lgan joylarga uzog’i bilan 12 oy muddatga o’sha erda haq to’lanadigan 

faoliyat bilan shug’ullanishidan tashqari har qanday maqsadda kelishidir»

5

, deb ta’rif 



beriladi. «Rossiya Federatsiyasida turizm faoliyatining asoslari to’g’risida»gi 

qonuniga (1999 y) muvofiq «turizm — bu... fuqarolarning istiqomat joyidan, 

sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, sport, diniy va boshqa maqsadlarda 

vaqtinchalik borilgan mamlakatda (joyda) haq to’lanadigan faoliyat bilan 

shug’ullanmagan holda vaqtinchalik jo’nab ketishi (sayohat qilishlari)dir»

6



O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi Qonunida, «turizm jismoniy 

shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki 

boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan 

shug’ullanmagan holda bir yildan oshmagan muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) 

dir» deb ta’kidlanadi. 

Turizmning ilk maqsadi tabiatni o’rganishdan boshlangan bo’lib, unga frantsuz olimi, 

tadqiqotchisi Pifiy asos soldi (kelib chiqishi Massallik -hozirgi Marsel). U eramizdan 

avalgi 320 yilda sayohatni ta’lim manbai sifatida ilk bor isbotladi, o’zi tajriba o’tkazdi 

va sayohat qilib ko’p bilimlarga erishdi. Turizmning inson bilim darajasini 

oshirishdagi ilmiy o’rnini asosladi. 

Savdogarlarning karvon tuzib boshqa davlatlarga sayohat qilishi ham turizmga 

mansub bo’lib, ularning maqsadi savdo-sotiq hisoblangan. Arab olimi Ibn Xaldunning 

(1200—1300 yillar) fikricha, sayohat va turizm - davlat miqyosida tovar savdosini 

rivojlantirish manbai bo’lib, karvonsaroylar qurish, savdogarlar orqali davlatga 

qo’shimcha daromad keltirish demakdir. Amerika iqtisodchisi P. Rotou birinchilardan 

bo’lib turizmga iqtisodiy voqelik sifatida e’tibor berdi, u turizmni mamlakatlar 

rivojlanishining iqtisodiy bosqichlari va ularda turizm rivojlanishining o’ziga xos 

xususiyatlari o’rtasidagi korrelyatsiyani aniqladi. 

Hozirgi vaqtda turizmning iqtisodiyotga ta’sir qilish modeli nazariy kontseptsiyalarga 

va gipoteza (taxmin)larga emas, balki statistik ma’lumotlarga asoslanadi. P. Rotou 

amalda turizm iqtisodi tarafdorlarining barchasi tomonidan e’tirof qilinadi. Haqiqatan 

jahon turizmi va iqtisodiyotining tub o’zgarishlariga qaramasdan, 1959 yildan boshlab 

P. Rotou gipotezasi yangi statistik ma’lumotlar va hozirgi zamon tamoyillari bilan 

tasdiqlanishi davom etmoqda. 

Bugungi kunda xalqaro turizmning asosiy markazlari iqtisodiy jihatdan rivojlangan 

mamlakatlarda joylashgan, bu erda turizm «o’rta sinf» ravnaqining belgilaridan biri va 

ommaviy iste’mol mahsuloti bo’lib qoldi. P. Rotou bashorat qilganidek, 

rivojlanayotgan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida daromadni ko’paytirish 

vositasi, mahalliy aholi bandligining va infratuzilma rivojlanishining vositasi sifatida 



ichki turizm tez rivojlanmoqda. CHet el turizmi xorijiy investitsiyalar bo’lgan 

taqdirda rivojlanmoqda. 



 

Download 166,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish