1.9. MURABBIYNING TARBIYAVIY ISHLARDAGI O’RNI
Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bolalikdan
boshlaboq jimoniy va ruhiy jihatdan baquvvat, har tomonlama kamol
topgan, kelajakda shu vatanga sadoqat bilan xizmat qiluvchi yosh
avlodni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy ishlarning samarasi murabbiy tomonidan sportchi
tarbiyasiga keng kamrovli yondashuviy, ya’ni siyosiy –g’oyaviy,
ma’naviy va mehnat tarbiyasining yaxlitligini ta’minlay olishiga
bevosita bog’liqdir.
Sadoqat, burch, halollik, el-yurtga xizmat qilish hisi, Prezidentga
hurmat kabi muqqadas tushunchalar dastlabki mashg’ulotlardan
boshlab sportchi ongi va shuuriga singdirib borilishi shart.
Hozirgi davrda jamiyatdagi ijtimoiy –iqtisodiy va siyosiy
sharoitlar xalqimizning turmuz tarzi, atrof muhit tomonidan insonga
o’tkazilayotgan ta’sir kabi omillar har tomonlama kamol topgan
insonni tarbiyalashda hal qiluvchi o’rin tutmoqda. Inson, jumladan
sportchi ham, o’z xatti-xarakatlar yurish –turishi jamiyat oldida
nechog’li muhim va foydali ekanligini chuqur anglab etishi lozim. O’z
oldiga aniq va yuksak maqsadlar qo’yib, unga etishishda sobitlik va
matonat bilan intiluvchi avlodni tarbiyalash uchun esa uning shaxsini
chuqur o’rganmoq va unga yaqinlashmoq kerak. Uning kayfiyati,
qiziqishlari, dunyoqarashi, bilim saviyasini bilish, uning ishonchini
qozonish va shu yo’llar bilan uning ijtimoiy faolligini oshirish
zarurdir.
Mashg’ulotlar jarayonida murabbiy va sportchi o’rtasida doimiy
muloqot o’rnatiladi va sportchi tarbiya berish uchun keng
imkoniyatlar yaratiladi.
Murabbiy g’oya va qadriyatlarning tashuvchisi sifatida yuzaga
kelgan har bir holatda sportchiga tarbiya berib, unga ijobiy ta’sir
o’tkazish uchun o’z fikr va qarashlarini namoyon etilishi zarurdir.
Murabbiy oldiga qo’yilgan bu shartdan esa mantiqa boshqalari
kelib chiqadi. Ulardan saosiylari sifatida o’z oldiga aniq maqsadlar
qo’ya olish, yuqori kasbiy – pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi,
fan va madaniyatning turli sohalariga oid bilim va ko’nikmalariga ega
bo’lishi kabilarni sanab o’tishi mumkin. Murabbiy faoliyati uning
vatanparvarlik sifatlari bilan yo’g’irilgan bo’lishi va u o’zidagi bu
O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI
~ 38 ~
sifatni shogirdlariga tarbiyalab borishi zaruriy hisoblanadi. Vatanimiz
sportchilari chet ellarda o’tkaziladigan katta sport anjumanlarida
qatnasha turib doimo o’zlarining yuksak ma’naviy xususiyatlarini,
mustaqil irodalarini, vatanga sadoqatlarini, vatanimiz va xalqimiz
oldidagi burchlarini namoyish etib kelganlar. Shogirdlarga ma’naviy
ko’nikmalarini shakllantirish uchun pirovardida jamiyat ahamiyatiga
molik maqsadlarni shaxsiy ahamiyatga molik maqsadga aylantirishga
mo’ljallangan xilma-xil pedagogik ta’sirlar jamg’armasiga ega bo’lish
talab etiladi.
Sportchilarni
tarbiyalashda
murabbiy
oldida
muayyan
qiyinchiliklar uchrab turadi: sport jamoasi, maktab oiladagi
tarbiyaning bir-biriga moslashtirilmagani; atrofdagilarning salbiy
ta’siri va boshqalar. Odatda murabbiy har xil yoshdagi va tafakkur
darajasi turli darajadagi sportchilar bilan shug’ullanishiga to’g’ri
keladi, shuning uchun tarbiyaviy ishlar etarli samara berishi uchun
ularning har biriga alohida yondashuv talab qilinadi. Ma’lumki
murabbiy sportchi bilan u uchun sevimli va qiziqarli bo’lgan sport
faoliyati vaqtida ko’proq muloqot qiladi. Bu paytda sportchining xulq
– atvori va o’zini tutishi boshqacha bo’ladi. Faqat, sportdagi
muvaffaqiyatsizliklargina murabbiyga qiyin hollarda o’zini qanday
tutishi va uning xulq – atvoriga baho berish imkoniyatini yuzaga
keltiradi.
Shuning
uchun
murabbiy
uchun
sportchi
bilan
mashg’ulotlaridan tashqari kundalik hayotda ham muloqotda bo’lib
turish ham muhimdir.
Murabbiy shogirdlarida har bir O’zbekistonlikka xos bo’lgan
samimiylik,
o’zaro
hurmat,
ezgulik,
birodarlik,
millatlararo
munosabatlarda o’zaro, iliqlik, kabi sifatlarni rivojlantirib borishga
majburdir.
U shogirdining nafaqat sport ko’rsatkichlari, balki o’qishi,
mehnatga munosabati, o’rtoqlari bilan muloqati va ma’naviy darajasi
bilan ham qiziqishi talab qiladi.
Murabbiy shogirdlarida qat’iy intizomni tarbiyalay olishi kerak.
Intizom kishilarni jamoaga birlashishga, ularning jipslashuviga,
maqsad sari intilishga yordam beradi. Sportchi intizomi unga o’z
burchini chuqur anglab etishida, murabbiy tomonidan berilgan
topshiriqlarni o’z vaqtida va bekamu-ko’st bajarishiga zamin yaratadi.
Taniqli pedagog A.S. Makarenko intizom faol xususiyat bo’lib, u
O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI
~ 39 ~
qiyinchiliklarni sabat bilan engib o’tishga va oldinga intilishga
ko’maklashadi deb hisoblaydi. Shu bilan birga u intizomning muhim
jihatlaridan biri chidamlilik deb atagan. Sportchida ongli va
mustahkam intizom bo’lmasa, u hech qachon yuqori natijalarga erisha
olmaydi. Sport ko’rsatgichlari darajasi mehnatsevarlikka ham bog’liq
bo’ladi. Ma’lumki har bir insonda qobiliyat mavjud bo’lib, u amaliy
faoliyat natijasida maqsadga etish yo’lida faol kuchga aylanuvchi
vositadir. Sport yordamida mehnatsevarlikni tarbiyalash bugungi
kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan dolzarb
muammodir.
Murabbiy sportchilar bilan ishlashda tarbiyaning yana bir
ko’rinishi bo’lgaan shogirdlarining sport mashg’ulotlari sohasidagi
bilim va ko’nikmalarini oshirishga ham alohida e’tibor qaratishi
lozim. O’z navbatida, sport mahorati rivojlanib borgan sari,
sportchilarda iroda va ijobiy xususiyatlar rivoji o’ziga xos o’rin kasb
etadi.
Yuqori
sport
ko’rsatkichlariga
erishmoqchi
bo’lgan
sportchilarda irodaning ko’rinishlari bo’lib hisoblangan maqsadga
intiluvchanlik, faollik, intizom va chidamlilik kabi xislatlar mujassam
bo’lishi zaruriy shartdir.
Yengil atletikachilarni tarbiyalashda mashg’ulotlarni to’g’ri
tashkil qilish, sportchilar harakatlarini haqqoniy baholash va
murabbiyning shaxsiy iborat ko’rsatishi ham alohida ahamiyat kasb
qiladi. Har bir sportchining mahorati o’sib borishida, mashg’ulotlarga
bo’lgan qiziqishi pasaymasligida murabbiy tomonidan mohirllik bilan
boshqarilishi
ko’zda
tutilgan
jamoada
jipslashib
ishlashga
o’rganishning roli ham muhimdir.
O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI
~ 40 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |