O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Ta‟lim muassasalarida boshqaruv uslublaridagi o„ziga xoslik va uning



Download 378,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana20.07.2021
Hajmi378,9 Kb.
#123843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
boshqaruv uslublarining shaxslararo munosabatlarga tasiri va faoliyat motivatsiyasi

1.2. Ta‟lim muassasalarida boshqaruv uslublaridagi o„ziga xoslik va uning 

jamiyat  ijtimoiy hayotida tutgan o„rni 

 

Mehnat  ijtimoiy  mehnat  bo‗lgan,  hozir  ham  shunday  va  bundan  keyin  ham 



hamisha  ijtimoiy  mehnat  bo‗lib  qolaveradi.  Kishilar  tabiatning  qudratli  kuchlariga 

muvaffaqiyatli  ravishda  qarama-qarshi  turish,  tabiatdan  tirikchilik  vositalarini 

undirib  olish  uchun  dunyoga  kelgan  paytlaridan  boshlaboq  birgalikda  mehnat 

qilishlari,  jamoa  bo‗lib  birlashishlari  lozim  bo‗ldi.  Biroq  uyushqoqlik,  tartib, 

mehnat  taqsimoti  bo‗lmasa,  kishining  jamoadagi  o‗rni  va  vazifalari  tayin bo‗lmasa, 

mehnat  jamoasi  bo‗lishi  mumkin  emas.  Tabiiyki,  boshqaruvsiz  muayyan  tartibni 

o‗rnatmasdan  va  quvvatlamasdan  turib,  mehnat  faoliyatini,  ayniqsa,  keng 

miqyoslarda amalga  oshirib bo‗lmaydi. 

Kishi  ijtimoiy  holatdir,  lekin  u  hamma  vaqt  muayyan  ijtimoiy  tizimga 

(formatsiyaga  sinfga,  ijtimoiy  guruhga,  jamoaga)  mansub  bo‗ladi,  bu  tizim  uning 

oldiga  ma‘lum  talablar  qo‗yadi,  uning  turish-turmushi  ishlari,  hatti-harakatlarini 

muayyan  tartibga  soladiki,  bu  tartib  jamiyatning  tabiatga,  unda  hukmronlik 

qiluvchi  iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarga  muvofiq bo‗ladi. 

Kishilarning  faqat  mehnat  faoliyati  emas,  balki  ularning  ijtimoiy-xulq  atvori 

ham  muqarrar  suratda  boshqarilishi,  tartibga  solib  turilishi  kerak.  Kishilarning 

ma‘naviy  faoliyatiga  kelganda,  bu  faoliyat  ham  tashkilotdan  tashqarida,  jamiyat 

nazoratidan  tashqarida  bo‗lmaydi.  Xullas,  boshqaruv  har  qanday  jamiyatga, 

ijtimoiy  hayotning  barcha sohalariga  xos bo‗lgan narsadir.  

Ma‘lumki  jamiyat  asosiy  uch  sohani-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ma‘naviy 

sohalarni  o‗z  ichiga  oladi. Shunga muvofiq tarzda boshqarishning uchta asosiy turi 




 

16 


mavjuddir.  Ulardan  eng  asosiy  iqtisodiy  boshqaruv  bo‗lib,  u  jamiyat  hayoti  va 

taraqqiyotining  asosini  tashkil  etadi.  Hozirgi  sharoitda  hukumatning  iqtisodini 

boshqarishga,  ayniqsa,  ko‗p  e‘tibor  berish  tasodifiy  emas.  Respublikamizda 

o‗tkazilayotgan  iqtisodiy  isloh,  xalq  xo‗jaligini  boshqarishni  qayta  qurish  va 

takomillashtirishni  o‗z  oldiga  asosiy  vazifa  qilib  qo‗ygan.  Hozirgi  vaqtda 

Respublikamizning  moddiy  texnika  bazasini  mustahkamlash  va  ishlab  chiqarish 

munosabatlarini  shakllantirish  iqtisodiyotni  boshqarish  oldiga  qo‗yilgan 

maqsaddir. 

Ijtimoiy-siyosiy  hayotni  boshqarish  oldiga  qo‗yilgan  maqsad  ijtimoiy 

tafovutlarni  bartaraf    etish,  jamiyatning  ijtimoiy  bir  xilligiga  erishish,  davlat 

boshqaruvini  takomillashtirib  ijtimoiy  o‗z-o‗zini  idora  qilishga  aylantirishdir. 

Jamiyat  va  uning  har  bir  ayrim  a‘zosining  ma‘naviy  rivojlanishini  boshqarish  – 

boshqarishning yana bir asosiy turidir. 

U  umumiy  ta‘lim  maktablari,  maktabgacha  tarbiya,  maktabdan  tashqari 

bolalar  muassasalari,  xalq  ta‘limi  bo‗limlari,  hunar-texnika  bilim  yurtlari,  o‗rta 

maxsus  va  oliy  o‗quv  yurtlari,  pedagoglar  malakasini  oshirish  institutlarini 

boshqarish,  fan, adabiyot, san‘at, madaniyat kabi sohalarni boshqarishni o‗z ichiga 

oladi.  Shunga  ko‗ra  xulq  ta‘limi  tizimini  boshqarish,  jumladan,  umumiy  ta‘lim 

maktabini  boshqarish ijtimoiy  boshqaruvning ajralmas  qismidir. 

Jamiyatdagi  boshqaruv  tizimini  ma‘lum  boshqarish  vazifalari  asosida  tashkil 

qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shunga  ko‗ra  uni  alohida  ko‗rsatib  o‗tishni 

maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaymiz.  Ishlab  chiqarishni  boshqarish  vazifalari 

deganda  boshqaruv  mehnatining  maxsus  turlarini,  boshqariluvchi  manbalarga ta‘sir 

ko‗rsatishning  u  yoki  bu  qilinadilarini  tushunmoq  kerak.  Boshqaruv  vazifalariga: 

rejalashtirish,  tashkil  qilish,  sozlash,  muvofiqlashtirish,  nazorat  va  hisob -kitob 

qilish  kiradi. 

Rejalashtirish  boshqaruvchi  manbani  rivojlantirish  maqsadini  va  bu 

maqsadga  erishish  vositalarini  belgilashdir,  ishlash  rejasini  tuzishdir.  Rejalashtirish 

boshqariluvchi  manbalarni  rivojlantirish  va  modellashtirishni  o‗rganishni  ham  o‗z 

ichiga  oladi. 




 

17 


Tashkil  qilish  –  ishlab  chiqarish  manbasining  tuzilishini  va  boshqaruv 

usulini  tanlab  olish  hamda  shakllantirishdir,  tizimning  tuzilish  o‗rtasidagi 

munosabatlarni  va ularning  o‗zaro harakatini  belgilashdir. 

Sozlash  –  tizimning  turli  elementlari  o‗rtasidagi  ma‘lum  nisbatni  tutib 

turishga,  boshqariluvchi  manba  ishlayotganida  reja  topshiriqlaridan  chetga  chiqib 

ketishga  yo‗l qo‗ymaslikka qaratilgandir. 

Nazorat  qilish  –  ishlab  chiqarishning  amaldagi  jarayonini  va  taraqqiyotini 

rejaga  qanchalik  muvofiqligini  kuzatib  va tekshirib  turishdan iborat. 

Nihoyat,  hisob-kitob  qilish  –  rejani  yoki  amalga  oshirishdagi  muayyon 

bosqichlarning  qanday  bajarilayotganligiga  yakun  yasashdir.  Hisobga  olish 

axborotlarni  yakunlashga,  uni  tizimga  solishga  imkon  beradi.  Shuningdek,  u 

mazkur  tizimning  keyingi  davriga  mo‗ljallangan  ish  dasturini  ishlab  chiqish  uchun 

axborot bazasidan to‗liq foydalanishga  imkon beradi. 

Shuni  ta‘kidlash  lozimki,  yuqorida  sanab  o‗tilgan  boshqaruv  vazifalarini 

xalq  xo‗jaligimizning    xohlagan  sohasiga,  jumladan,  maktab  maorif  sohasida  ham 

to‗liq  ma‘noda  tadbiq  qilish  mumkin.  Lekin,  mazkur  vazifalarning  aniq  mazmuni 

turli  boshqaruv tizimlarda  boshqaruv manbaining  mazmuniga  bog‗liq bo‗ladi. 

Demak,  biz  fikr  yuritayotgan  vazifalar  ijtimoiy  boshqaruvning  mazmunini 

tashkil  qiladi.  Modomiki,  shunday  ekan  maktab-maorif  sohasidagi  har  bir  rahbar 

xodim  o‗zining  boshqaruv  ish  tizimining  mazkur  boshqaruv  vazifalari  asosida 

tashkil  qilsa,  bu  borada  so‗zsiz  yaxshi  natijalarga  erishishi  mumkin.  Buning  uchun 

esa,  mazkur  boshqaruv  vazifalari  va  ularning  mohiyatiga  to‗liq  tushunib  olmoq 

mumkin. 

Barcha  ishlab  chiqarish  xodimlarini  jumladan,  maktab  xodimlarining 

boshqaruv  apparatiga  va  ishlab  chiqarish  jarayonida,  maktabda  esa  o‗quv  tarbiya 

hamda  maktabning  boshqa  ishlari  jarayonida  bevosita  ishtirok  qiluvchi  xodimlarga 

bo‗lish mumkin. 

Ishlab 


chiqarishda,  jumladan,  maktabda  boshqaruv  mehnati  bilan 

shug‗ullanuvchi  kishilar  (maktab  direktori,  direktorlarning  o‗quv  tarbiya  va 

xo‗jalik  ishlari  bo‗yicha    o‗rinbosarlari,  tarbiyaviy  ishlar  tashkilotchisi,  metodik 



 

18 


birlashma  rahbarlari,  kasaba  uyushmasi  tashkilotining  raisi)  boshqaruv  apparatini 

tashkil  etadi.  Boshqarishning  barcha  bo‗g‗in  va  bosqichlaridagi  xodimlar  ham  shu 

apparatga 

mansubdirlar. 

Boshqaruv 

apparatining 

bir 

qismini 


kishilarni 

boshqaruvchi  shaxslar  (maktabdagi  rahbarlari)  tashkil  etsa,  ikkinchi  qismini 

ijrochilar  (o‗qituvchi,  tarbiyachi,  sinf  rahbarlari,  metodik  birlashmalarining 

a‘zolari,  texnik  xodimlar)  tashkil  etadi.  Boshqarish  sohasidagi  ijrochi  xodimlarni 

ikkita  asosiy  guruhga:  a)  mutaxasislarga  (o‗qituvchi  va  tarbiyachilarga);  b)  texnik 

xodimlarga  (laborant,  kotiba,  farrosh,  elektrchi-montyor,  maktab  qorovuli 

kabilarga)  bo‗lish mumkin. 


Download 378,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish