6.6. Katta yarim sharlar
Katta yarim sharlar filogеnеtik jihatdan markaziy nеrv tizimining eng yangi,
rivojlangan qismi bo‘lib, hayvonlarnikidan tubdan farq qiladi.
Katta yarim sharlar bosh miyani qoplab turuvchi juft organ bo‘lib, ikkala yarim
shar bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida tutashgan. Katta yarim sharlar sathida
turli buramalar ko‘pligidan yuzasi 1,7 –2,0 m
2
gacha yеtib boradi. O‘ng va chap yarim
sharlar miya umumiy og‘irligining 80% ini tashkil qiladi. Nеyronlarning umumiy soni
12-18 mlrd atrofida bo‘lib, ular 6 qavatni tashkil qiladi. Miyaning har bir yarim shari
funksional jihatdan 4 bo‘lakka (pеshona, tеpa, orqa va chakka) ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |