EPIKARD – yurak devorining tashqi qavati.
EPITELIY – zich tutashgan tirik hujayralardan iborat qoplovchi to‗qima. Ko‗p
hujayrali hayvonlar tanasini tashqi tomondan va tana bo‗shlig‗ini o‗rab turadi.
Himoya qilish, ajratish va so‗rish vazifalarini bajaradi.
EPIFIZ – odam va umurtqalilar bosh miyasining ko‗ruv do‗mboqlari sathida
joylashgan endokrin bez.
ERITROTSIT – odam va hayvonlar qonidagi yadrosi yo‗q hujayra; qizil qon
tanachalari. Odamning 1 mm qonida o‗rtacha 4-5 mln. eritrotsit bo‗ladi. O‗rtacha
120 kun yashaydi, keyin jigar va taloqda parchalanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |