T
TALAMUS – oraliq miyaning asosi, o‗rta miya va yarimsharlar po‗stlog‗i
oralig‗ida joylashgan. Uning tarkibida spetsifik, nospetsifik va assotsiativ yadrolar
bor. Talamus xilma-xil impulslarni (hid bilish bilan bog‗liq bo‗lgan impulslardan
tashqari) qabul qilib, ularni miya yarimsharlarining po‗stlog‗iga va markaziy nerv
sistemasining boshqa qismlariga o‗tkazadi. Talamusda 40 dan ortiq yadrolar borligi
aniqlangan.
TAXIKARDIYA – yurak urishining tezlashishi; simpatik nerv markazlari tonusi
kuchayganda yoki adashgan nerv tonusi pasayganda yurak urishining tezlashishi.
TETANUS – muskullarning uzoq vaqt qisqarib turishi va maksimal darajada
kuchlanishi. Bunda muskullar bo‗shashishga ulgurmay, qisqargan holicha
turaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |