AGENEZIYA – AGENESIA – organlarning tug‗ma yoki qisman bo‗lmasligi,
ularning takomillashmaganligi.
AGNOZIYA– fahmlash, bilish qobiliyatining buzilishi. Uning ko‗ruv, eshituv,
taktil turlari mavjud.
AGRANULOTSIT–
donachalarsiz
leykotsit.
Sitoplazmasida
donachalar
(granulalar) bo‗lmaydigan leykotsit.
ADAKTILIYA– barmoqlarning tug‗ma yo‘qligi.
ADGEZIYA– hujayralarning bir-biriga yoki boshqa substratlarga bog‗lanishi.
ADEN, ADENO - yunon tilida bez ma‘nosini anglatadi.
ADENIN - purin asoslaridan biri. DNK va RNK hamda erkin nukleotidlar, adeninli
kofermentlar tarkibiga kiradi.
ADENOBLAST - bezning embrional hujayrasi.
ADENOGIPOFIZ– miya ortig‗ining oldingi bo‗lagi, sekretor qismi. Bu qism
xromofob, eozinofil va bazofil tabiatli hujayralardan tuzilgan. Gipofizning oldingi
qismidan o‗sish gormoni, periferik ichki sekresiya bezlarini boshqarib turadigan
turli xil gormonlar chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |