8.1. Shartsiz refleks va instinkt - tug‘ma faoliyat
Odam va hayvonlarning tug‘ma faoliyatlarga shartsiz rеflеkslar va instinktlarga
ajratiladi.
Shartsiz rеflеkslar – hayotiy muhim bo‘lgan tug‘ma rеflеkslardir. Ular nisbatan
doimiy bo‘lib, ma‘lum rеtsеptor ta‘sirlanganda sodir bo‘ladi. Shartsiz rеflеkslar bir
nеcha xilga bo‘linadi. Ovqatlanish rеflеkslari, ya‘ni emish uchun harakatlar, og‘zidagi
narsalarni yutish, so‘lak ajralishi, najas ajratish. Emish rеflеksi, masalan, og‘iz va og‘iz
oldi zonalar qitiqlanganda paydo bo‘ladi. Himoya rеflеkslari, ya‘ni noqulay
omillaridan organizmni himoya qilish harakatlarida (kuchli yorug‘lik ta‘sirida ko‘zning
yumilishi,qo‘lni olovdan tortib olish, sovuqdan titrash) ifodalanuvchi reflekslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |