O’zbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi


 Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning axamiyati va xususiyatlari



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/62
Sana19.07.2021
Hajmi2,99 Mb.
#123081
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Bog'liq
tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning axamiyati va xususiyatlari. 

Boshqaruv  umumiy  va  universal  tushuncha  bo‘lib,  sub‘ektlarga  va  shu 

sub‘ektlar  orqali  ularning  faoliyatiga  ta‘sir  qilishni  anglatadi.  Boshqaruvning 

mazmuni  uning  sohasi  (TIF,  sanoat,  transport  va  boshqalar)  hamda  darajasi 

(davlat, mintaqaviy, sohalar, korxona va b.) bilan belgilanadi. Har qanday soha va 

har  qanday  darajadagi  boshqaruv  munosabatlarning  har  xilligini  qamrab  oladi  va 

ob‘ektiv  va  sub‘ektiv  omillar  yig‘indisi  ta‘siri  ostida  bo‘ladi.  Boshqaruvning 

harakati va uning uslublari, tamoyillari, rivojlanishi aniq iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy 

sharoitlar bilan belgilanadi. 

Bozor  sharoitida  davlatning  butun  iqtisod  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyatga  ta‘siri 

xususiyati qisman o‘zgaradi: u tartibga solish, ya‘ni asosan iqtisodiy usullar bilan 

butun  iqtisod  va  uning  tashqiliy  qismlarining  foydali  harakatini  ta‘minlovchi 

ma‘lum sharoitlarini yaratuvchanlik shaklini oladi. "Tartibga solish" atamasi bilan 

bir  qatorda  Savdo  va  ta‘riflar  bo‘yicha  bosh  assambleya  (GATT)  va  qator 

mamlakatlar hujjatlarida "reglamentatsiya" atamasi ham ishlatiladi. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  davlat  tomonidan  tartibga  solinishining  ob‘ektiv 

zaruriyati,  iqtisodiy  nazariyada  tan  olingan  va  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar 

xo‘jalik  yuritish  amaliyoti  bilan  tasdiqlangan.  TIFning  davlat  tomonidan  tartibga 

solinishi  butun  jahonda  keng  qo‘llaniladi.  Bozor  xo‘jaligi  sharoitlarida  u  milliy 

iqtisod 


manfaatlaridan 

kelib 


chiqqan 

holda 


TIFni 

takomillashtirishni 

rag‘batlantiruvchi,  amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi qonuniy chora-tadbirlar 



tizimini  tashqil  etadi.  Bu  chora-tadbirlar  davlat  korxonalari  hamda  ijtimoiy 

tashkilotlar  tomonidan  ham  amalga  oshiriladi.  Tartibga  solishdan  maqsad  – 

mamlakat tashqi iqtisodiy kompleksini xalqaro mehnat taqsimotining o‘zgaruvchan 

sharoitlariga moslashtirish va barqarorlashtirishdir. 

Davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  vazifasi-TIFning  zamonaviy 

kontseptsiyalarini  ishlab  chiqishdir.  Kontseptsiya-nazarda  tutilgan  sohaning 

rivojlanish  maqsadlari,  natija  va  foyda  olish  yo‘nalishlarini,  (masalan,  tashqi 

iqtisodiy  faoliyatni  rivojlantirishning)  vazifalarni  belgilashni  o‘z  ichiga  oladigan 

umumiy g‘oyadir. 

Tashqi  va  ichki  omillar  har  doim  tashqi  iqtisodiy  siyosatga  ikki  xil 

yondashishni  talab  qiladi.  Bular  savdo  erkinligi  va  protektsionizmdir.  Savdo 

erkinligi deganda, tashqi savdo masalalari bo‘yicha qaror qabul qilinishida xorijiy 

tovarlarning  milliy  bozorga  cheklanmagan  kirish  imkoniyati  tushuniladi. 

Protektsionizm  esa  davlatning  tashqi  iqtisodiy,  tashqi  savdo  faoliyatiga 

aralashuvini,  milliy  ishlab  chiqarishni  qo‘llab-  quvvatlash  maqsadida  xorijiy 

tovarlarga  nisbatan  har  xil  chegirmalar  amalga  oshirishni  taklif  etadi.  Har  xil 

davrlarda  har  xil  mamlakatlarda  bu  ikki  yondashuv  bir  vaqtda  mavjud  bo‘lgan, 

ammo ularning o‘zaro munosabatlari har xil, ya‘ni tashqi va ichki omillardan kelib 

chiqib belgilanadigan bir-biridan ustunligidir. 

Zamonaviy  sharoitlarda  tashqi  iqtisodiy  siyosat-davlat  hokimiyatining  xorijiy 

mamlakatlar  bilan  iqtisodiy,  fan-texnika,  ishlab  chiqarish  va  boshqa  aloqalarni 

rivojlantirishga  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning  strategik  vazifalarini  yechish 

maqsadida 

mamlakatning 

xalqaro 

mehnat 


taqsimotida 

qatnashishini 

chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan davlat hokimiyati tadbirlari tizimidir. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  davlat  tomonidan  tartibga  solinishi  milliy 

iqtisodning  boshqa  doiralarini  tartibga  solish  bilan  qiyoslaganda  o‘ziga  xos 

xususiyatlarga egadir. 

Bu o‘ziga xoslik har bir davlat xalkaro savdoning me‘yor va tamoyillari bilan 

hisoblashishi  zarurligidan  kelib  chiqadi.  Har  qanday  davlat  o‘zining  rivojlanishi, 

iqtisodiyotining  foydaliligini  oshirishda,  o‘z  milliy  manfaatlarini  amalga  oshirish 

maqsadida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tartibga  solishda  boshqa  mamlakatlar 

manfaatlariga  putur  yetkazmasligi  va  xalkaro  tashkilotlar  tomonidan  ishlab 

chiqilgan qoidalar darajasidan chiqmasligi zarur. 

SHunday  qilib,  davlatning  TIFni  tartibga  solish  chegaralari  bir  tomondan, 

milliy eksportni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ehtiyoj bilan 

belgilansa, boshqa tomondan, xalqaro tashkilotlar qoidalari bilan belgilanadi. 

TIFning tartibga solish predmeti quyidagilardir: 

– milliy eksportchilarni rag‘batlantirish; 

– jahon bozorida milliy eksportchilarning mavqeini mustaxkamlash uchun har 

xil tashqiliy choralarni amalga oshirish; 

–milliy firmalarga xorijiy kapital qo‘yishning o‘sishiga yordam berish. 

Agar  shularni  hisobga  oladigan  bo‘lsak  yuqorida  ko‘rsatilgan  vazifalar  ancha 

qiyindir. 

Bundan  tashqari,  barcha  davlatlar  o‘z  milliy  firmalarining  raqobatchilari 

faoliyatini cheklash uchun har xil usullardan foydalanadi, masalan, ularning ichki 




bozorga  kirib  kelishiga  to‘sqinlik  qilish,  ularning  ish  olib  borishi  uchun  og‘irroq 

sharoit, yuqori ekologik talablar va boshqalar yaratish. 

Mintaqaviy  kirib  boruvchi  guruhlarning  paydo  bo‘lishi  shunga  olib  keldiki, 

milliy  darajadagi  tartibga  solish  bilan  birga,  mintaqaviy  guruhlar  ichida,  ya‘ni 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  mintaqaviy  darajada  tartibga  solish  amalga  oshirila 

boshlandi. 

 


Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish