S begmatov, Ì. MÀTyoqubov o‘zbek an’anaviy cholg‘ulari



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana18.07.2021
Hajmi2,67 Mb.
#122948
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
O'zbek an'anaviy cholg'ulari (S.Begmatov, M.Matyoqubov)

Balaban, bulomon – (forscha balobam,

bolo – baland, bom  – past, baland va past

registrlarda  birdek  jaranglovchi  diapazoni

keng cholg‘u ma’nosida) silindr shaklidagi

quvurining  uzunligi  300  mm  bo‘lib,

karnaychasi ustki tomonidan qalinlashtirib

mevali  yog‘ochdan  yasalgan  cholg‘u.

Bulomonning  trosti,  ya’ni  dudiki  -  yakka

tili  g‘arov  naychaning  ustki  tomonidan

(qo‘shnaynikiga  o‘xshab)  kesib-tilib

ochilgan. Bulomonda barmoq bilan bosila-

digan 8 ta teshik mavjud. Shulardan bittasi

asosiy teshiklarga qarama-qarshi, ya’ni orqa

tomonda joylashgan. Òovushqatori diatonik

bo‘lib,  lab  boshqaruvi  natijasida  xromatik

tovushqator hosil qilinadi. Òovush ko‘lami

ikki oktavadan sal oshiq (kichik oktava sol dan ikkinchi oktava sol

(lya) gacha). Uning tovush tembri bo‘g‘iqroq (bas) tusda bo‘lib,

asosan baxshilar ansambli tarkibida va ba’zan yakka holda ham

qo‘llaniladi. Dramatik va fojeaviy dostonlar musiqalari bulomon

jo‘rligisiz  ijro  etilmagan.  O‘rta  asrlarda  bulomon  qo‘shnayga

o‘xshab  juftlangan,  ya’ni  qo‘sh  bulomon  bo‘lgan.  XVIII–XIX

asrlarga  kelib  baxshi  kuylarining  sur’ati  jadallashshi  natijasida

bulamonda texnik mahoratni oshirish ehtiyoji tug‘ilgan va yakka

bulomon shaklida  (baxshini ikki tomonida bittadan bulomonchi

jo‘r  bo‘lgan)  qo‘llanila  boshlagan.  Hozirgi  davrda  qo‘sh

bulomonning  qadimiy

nusxasini 

taniqli


surnaychi  Matrasul

Matyoqubov  kolleksi-

yasida uchratish mum-

kin.  Bugungi  kunda

ham  shimoliy  O‘zbe-

kiston, asosan Xorazm

va  Qoraqalpog‘istonda

baxshilar ansambllarida

keng iste’foda qilinadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




51

Bulomonning tovushqatori va registrlarining tasnifi quyidagicha:

Diapazoni va registrlarining tasnifi

Surnay – (forscha sur – to‘y, bayram, nay

–  qamish,  to‘yda  chalinadigan  nay  degan

ma’noni bildiradi). Surnay cholg‘usining kelib

chiqishi  juda  qadimiy  bo‘lib,  bu  haqdagi

ma’lumotlar  miloddan  oldingi  qal’alar

devorlaridagi  tasvirlar  va  O‘rta  asr

miniaturalarida  aks  etgan.  Surnay  harbiy

yurishlar,  to‘y,  sayil  va  bayramlarda  asosiy

cholg‘u  sifatida  karnay,  nog‘ora  va  doyralar

ishtirokidagi cholg‘ular ansamblida qo‘llanilgan.

O‘zining  tuzilishi  va  tovush  hosil  qilinishi

jihatidan goboyga ibtido bo‘lgan surnay tanasi

400–450  mm  uzunlikdagi  mevali  (o‘rik,  tut,

yong‘oq)  yog‘ochdan  silindr,  ba’zan

konussimon  shaklda,  karnaychasi  kengayti-

rilgan  holda  yasaladi.  Uning  barmoq  bilan

bosiladigan 8 ta teshigi bor. Shulardan bittasi

asosiy teshiklarga qarama-qarshi, ya’ni orqa tomonida joylashgan.

Ba’zilarida teshiklarining oralari mis halqachalar bilan halqalangan.

Surnay tili – dudiki oddiy qamishdan ip bilan qattiq bo‘g‘ilib, bir-

biriga qapishtirib yasaladi va surnay mil-niliga kiygiziladi. Mil o‘z

navbatida cholg‘u tanasiga o‘rnatilgan bachka (bachcha- bolacha,

surnay  yog‘och  tanasiga  nisbatan  boshqacha  mevali  yog‘ochdan

ishlangan)ga kiygiziladi. Mil-nilda  esa  aylana  yoki bukik   ellips

shaklidagi (hayvon shoxi, suyak, sadaf yoki metalldan ishlangan)

www.ziyouz.com kutubxonasi




52

ijrochi  labiga  tiralib,  nafasni  tashqariga  chiqishidan  muhofazalab

turadigan halqa o‘rnatiladi. Surnay bir yarim, ikki oktava hajmidagi

diapazon va diatonik tovushqatorga ega. O‘zbekistonda surnay turi

ikki xil. Farg‘ona-Òoshkent surnayi menzurasi kengroq bo‘lganligi

sababli  tovushi  mayin  va  nolali,  Xorazm  surnayi  esa  menzurasi

nisbatan  torligidan  tovushi  keskin  va  chiyildoq.  Ikkala  surnayda

ham tovush ko‘lami bir xil. Pastki tovushi birinchi oktava do-diyez

dan boshlanib, nafas bosimini kuchaytirish natijasida ikkinchi oktava


Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish