5.2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga
solish
Zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim jihatlaridan biri uning
aralash mulkka asoslangan ekanligidadir. Lekin jahonning
rivojlangan birorta davlatida ham davlat mulki yoki xususiy
mulklardan
birortasining
mutloq
hokimligi
uchramaydi.
Rivojlangan davlatlarda turli mulk shakllarining birgalikdagi
harakatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zining hayotchan ekanligini
allaqachon isbotladi.
Lekin tan olish kerakki, iqtisodiy hayotning u yoki bu
bosqichida davlat yoki bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining ta’siri
sezilarli bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti qonunlarining harakati
obyektiv xaraktyerga ega bo‘lib, ularni bekor qilish mumkin emas.
Xuddi
shuningdek,
bozor
institutlari
“nomenklatura”sining
kengayishi, ular o‘rtasidagi aloqalarning murakkablashuvi, yangi
tizimlarning (evolyutsiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq
ravishda) shakllanishini ham rad etib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri esa quyidagi
maqsadlar uchun zarur:
• hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy
qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyat
uchun xavfsiz yashash sharoitini yaratish, mulkka egalik qilish
huquqi
himoyalashga
va
shaxsning
erkin
rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejimni (tartibni) o‘rnatish va
qo‘llab-quvvatlab turish, samarali raqobatni qo‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish);
• barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat
iqtisodiy o‘sishning sur’atlarini, inflyatsiya va ish bilan ta’minlash
darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va
mintaqaviy
tuzilmasidagi
progressiv
(ijobiy)
o‘zgarishlarni
rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning
kursini qo‘llab-quvvatlashi lozim);
• resurslarning ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini
amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bo‘ladigan, lekin u bilan
xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil
113
Moliyaviy
oqimlarni
boshqarish
bo‘yicha
yuqoridagi
organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan va ularni
har doim ham ajratib (alohida qilib) bo‘lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining
qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda
(rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va
sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo‘lgan tarzda va
takror ishlab chiqarish siklini pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlash
tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning
samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining
yetarli bo‘lmagan hajmda va o‘z vaqtida tushmaganligida
pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning
doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning
bo‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning
bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini
quyidagicha aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |