Hyper – Threading texnologiyasi yoki bir SRU doirasida “ikki protsessorlik”
Intel korporatsiyasining aytishicha, bu texnologiyasi (2002 yilning 14 noyabrida rasmiy
ravishda e`lon qilingan) oz emas ko’p emas, balki “ahamiyati bo’yicha 386\387, Pentium
yoki Pentium pro protsessorlari yangi mikroarxitekturasi paydo bo’lishi kabi ilgarigi
voqealar teng hisoblanagan Inteldan navbatdagi mikrorevolyutsiya hisoblanadi. Biz davr
voqeasi guvohlari bo’ldik. Аynan shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchi keng ommaga
multiprotsessorning kirib kelishining guvohi bo’ldik” (Аleks Karabuto). Oddiy qilib
aytganda Hyper – Threading texnologiyasi bir protsessorning ishlashini u ikkita “shartli”
protsessorning bir vaqtda ishlayotgani kabi “tashkil” etib beradi. Bizga allaqachon (masalan
menga Pentium 4 dan boshlab) ish joyi uchun personal kompyuterlar uchun ikki protsessorli
konfiguratsiyalar ma`lum, ya`ni bitta “materinskaya” platada ikkita protsessor turishidan
xabarimiz
bor.
Biz zamonaviy operatsion sistemalarda (bugun xatto Microsoft Windows turkum oilasi
uchun ham multizadachnost (ko’p masalalarni bir vaqtning o’zida bajarish) vazifalari
mumkindir, OS Linux yoki Unix ga o’xshashlarning boshidan ko’p masalaligini aytmasa
ham bo’ladi ) xatto odddiy ofis dasturlarida bir vaqtning o’zida matn muharririda bir necha
hujjatlarni tahrir qilish, jadval va ma`lumotlar lokal bazasida ishlar olib borish (Excel va
Access), printerda xujjatlarni chop etish, elektron pochta bilan ishlash va kimningdir Web-
62
saytini kurib chikish mumkin va bu jarayonlar «bir tekisda», doimiy qum soati paydo
bo’lishlarisiz olib boriladi. Bu esa hamma vazifalarning bir nechasi baravariga va bir vaqtda
bajarilishi mumkinligi bilan ifodalanadi.
Ilgari bitta protsessor (bu rasman shartli ravishda bo’lsa ham) bir vaqtning o’zida, aytaylik
bir masalani bajara oladigan edi. Shuning uchun mutaxassislar Intel Pentium yoki АMD
Athlon XP bazasida ishlovchi, nisbatan qimmat bo’lmagan ikki protsessorli stantsiyalarni
yiqqanlar. Ha, to’g’ri men yanglishganim yo’q, aynan XR. Аgarda yanglishmasam Athlon
XP 1600 gacha (balki shuning uchun ham ularni kunduzi chiroq yoqib topa olmaymiz).
Birinchi bo’lib АMD marketologlarining aqllari ishlab qoldi, ular arzon bo’lgan Athlon
XPlarda ko’p protsessorlikni ta`minlashni (aslida esa ikkiprotsessorlikni) “o’chirib” qo’ydilar
va sotuvga ancha qimmatroq (balki qandaydir unumdorlikka egadir) Athlon MP
protsessorlarni
taklif
etdilar
(MR-
ko’p
protsessorlilikni
bildiradi).
Buning natijasida hozirgi kunda АMD Athlon MP 1600 protsessori 118 $ turadi, xuddi
shunday, lekin “delyonniy” (kesilmagan) Athlon XP 1600 –56 $ turadi. Narxlar roli rosa ikki
barobar qimmat. Umuman hammasi АMD da ishlovchi inson farovO’nligi uchun. Intel da
ikki
protsessorlik
bo’yicha
yana
ham
chigal
vaziyat
yuzaga
kelgan.
Pentium 4 dan boshlab (Willamette yadrosi ham, Northwood yadrosi ham) ko’p
protsessorlilik ta`minlanmagan. Faqatgina serverlar va ishchi stantsiyalar uchun
mo’ljallangan Intel Xeon (Foster (Willamette) protsessor yadrolari yoki Prestonta
(Northwood)) qimmat professional protsessorlarida ikki protsessorlik ta`minlandi. (Intel
Xeon MR protsessorida- turttagacha protsessorlar). Аna shu holatda Pentium 4 da ikki
protsessorlik protsessor raz`yomi darajasida “uzib” qo’yilib erishilgan. (ba`zi bir natijalar
oddiy izolyatsiya qilib qo’yilgan), shuning uchun ishchi stantsiyalarni hamma uchun eski
(lekin juda yaxshi, sifatli) Pentium !!! bazasida yig’ishga to’g’ri keldi.
Yana yangi Hyper – Threading texnologiyasiga qaytadigan bo’lsak, yana bir narsa ma`lum
bo’ladiki, u hech qanaqa yangi emas, chunki Hyper – Threading ishlashini ta`minlovchi
hamma kerakli apparatni bloklar Northwood (ishlab chiqarilishi boshlanishi-2002 yil yanvar)
yadrosidagina mavjud bo’lmay, balki ancha “qadimgi” Pentium 4 ning Willamette 0,18 mkm
protsessor yadrosida hamma mavjud bo’lgan, bu protsessor 2002 yilning yanvar oyidan e`lon
qilingan. Xali eslayman, Intel ning Toshkentdagi bahorgi seminarida men yangi R4 ikki
protsessorlik konfiguratsiyani ta`minlanmasligini eshitib hayron bo’lgan edim. Intelning
vakillari bu masala bo’yicha hech narsa aytishni istamadilar, nima uchun ular hech gap
aytmaganlarini keyin hayot ko’rsatib berdi. Men sizga aytsam 2002 yilning 14 noyabridan
Pentium 4 3,06 GGts protsessoridan boshlab Hyper – Threading texnologiyasi oxiri ish joyi
personalь kompyuterlari dunyosiga ham kirib keldi, uning narxini hisobga oladigan bo’lsak
63
(taxminan 600$) u bizga hali zamon etib kelishini o’ylamasa ham bo’ladi. Hyper – Threading
texnologiyasining fizik xususiyati shundan iboratki, protsessor kristaliga bir necha kichik
bloklar qo’shimcha qilinadi, ular bitta mavjud protsessorga (bir konveerli va L2 ikkinchi
darajasini kesh xotirali) operatsion sistemada ikki logik protsessorlar kabi tanib olish va
ishlash imkonini beradi, ya`ni ikkita shartli ravishda mavjud turli protsessorlar o’rnini
bosadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |