44
Multibus 1 shinasi 2 ta modifikaciyaga еga: PCҒXT bus va PCҒ AT bus.PCҒXT bus
shinasi — 4,77 MGc taktli chastotaga mo`ljallangan 8-razryadli qiymatlar shinasi va 20-
razryadli adreslar shinasidir; apparatli uzulishlar uchun 4 ta liniyaga va xotiraga to`g`ridan-
to`g`ri murojaat qilish uchun 4 ta kanalga еga ( DMA — Direct Memory Access kanallari).
Adreslar shinasi mikroprosessorning adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi.
8086, 8088 MP bilan ishlatiladi.
PCҒAT bus shinasi — 8 MGc gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16-razryadli
qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 16 MGc taktli chastotali MP
ishlatilishi mumkin, chunki shina nazoratchisi chastotani teng ikkiga bo`lishi mumkin;
apparatli uzulishlar uchun 7 ta liniyaga va 4 ta DMA kanaliga еga. 80286 MP bilan ishlatiladi.
ISA (Industry Standard Architecture) shinasi — 8 MGc ishchi taktli chastotali, 16-razryadli
qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 50 MGc taktli chastotali MP
ishlatilishi mumkin (bo`lish koеfficienti ko`paytirilgan); PCҒXT va PCҒAT shinalariga
nisbatan apparatli uzulishlar liniyalarining soni 7 tadan 15 tagacha va DMA xotirasiga
bevosita murojaat qilish kanallarining soni 7 tadan 11 tagacha ko`paytirilgan. 24-razryadli
adreslar shinasi hisobiga adres kengligi 1 Mbaytdan 16 Mbaytgacha ko`paydi. Qiymatlar
shinasining nazariy o`tkazish qobiliyati 16 MbaytҒs ga tent, lekin haqiqatda u pastroq, uning
bir qator ishlatish xossalariga bog`liq ravishda 4—5 MbaytҒs atrofida. 32-razryadli yuqori
tezlikli MP lar paydo bo`lishi bilan ISA shinasi SHK tezkorligini oshirishda jiddiy to`siq
bo`lib qoldi.
EISA ( Extended ISA )
shinasi — 32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-razryadli adreslar
shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4 Gbayt, o`tkazish qobiliyati 33
MbaytҒs, shu bilan birga MP-kеsh-TX kanali bo`yicha almashish tezligi xotira
mikrosxemasining parametrlari bilan aniqlanadi, kengaytirish raz`yomlari soni ko`paytirilgan:
nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma ulanishi mumkin (amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi
yaxshilangan, tizimni avtomatik konfiguraciyani va DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA
shinasi bilan to`liq mos keladi (ISA ni ulash uchun raz`yom bor), shina hisoblash tizimlarining
ko`p processorli arxitekturasini qo`llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir va tezkor
SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo`llaniladi.
MSA ( Micro Channel Architecture )
shinasi — 32-razryadli shina, 1987 yilda IBM
firmasi tomonidan PSҒ2 mashinalari uchun yaratilgan, o`tkazish qobiliyati 76 MbaytҒs, ishchi
chastotasi 10—20 MGc. O`zining tavsiflari bo`yicha EISA shinasiga yaqinroq, lekin ISA bilan
ham, EISA bilan ham mos kelmaydi. PSҒ2 ЕHM birinchi navbatda yaxshi ishlab chiqilgan
amaliy dasturlarning yo`kligi tufayli keng tarqalmaganligi sababli, MSA shinasi ham keng
ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: