131
qismi joylashgan. Elektron platasida esa xamma boshqaruvchi elektronikasi
mavjud.Germetrik qismida bitta yoki bir necha diskni joylashtiruvchi shpindelp bor. Disklar
asosan alyumin materialidan goxida, keramika yoki shishadan tayerlangan bo’lib ikkala
tomonidan yupqa oksixron surtilgan.Magnit disklarni qattiq deyilishiga sabab u avvalom bor
metaldan (qattiq materiallardan) tayerlangan bo’lib, ikkinchi tomondan katta tezlikda
aylanadi. U 3600 ay/min tezlikda aylanib, taxminan egiluvchan magnit disklar
diskovodlariga qaraganda 10 marotaba ortiq tezlikda aylanadi.Germetika ichida bir nechta
disk o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Xar bir diskni platter deb ataladi. Ba’zi vin-chesterlarda
platterlar soni 6 ta gacha. Xar bir diskni ikkala tomoniga, ayrim diisklarni bir tomoniga
informatsiya yoziladi. Ular yuqoridan pastga qarab xar bir tomon nomerlanadi. Agar
vinchester 3 ta platterga ega bo’lsa ularni nomerlari 0-5 gacha bo’ladi. Juft nomeri yuqori
qismida, tok qismi pastlik qismda bo’ladi.Platterni xar bir tomonida yozish va o’qish
golovkalari bor. Xamma golovkalar bitta butun qilib tayerlangan. Ularni barchasi bir vaqtda
xarakatlanib xar biri o’zini yo’lakchasiga murojat qiladi.Vinchestr yo’lakchalarini fizik
joylashishi ularni formatlashda silindrlar deyishga olib keladi. Uchta platter o’zini oltita
ishchi tomoni bilan oltita yo’lakcha silindrini tashkil qiladi.Vinchestrni ulash uchun xam
egiluvchan magnit disklar diskovodi ulanishi kabi elektr manbasi kabeli va 34-simli kabel
orqali ulanadi. Unda bundan tashqari 20 ta kontaktli razyom mavjud. Bu bilan birga
peremichka va moslovchi qarshilikni ko’rish mumkin.Peremichka va moslovchi qarshilik
Komppyuterga ikkkta vinchestr ulanganda qaysi biri S yoki D vint ekanligini belgilashda
zarur bo’ladi. 34 kontaktli razyom boshqarish kabeli uchun, 20 kontaktli kabel esa
berilganlar uchun mo’ljallangan. Vinchestr kotrolleri vint va Personalp Komppyuter asosiy
qurilmalarini bolash uchun xizmat qiladi. Baozida kontraller asosiy plata tarkibida bo’lishi
mumkin. Umuman Komppyuterga qo’yilgan kontroller ikkita vinchestrni ulashga
mo’ljallanadi. Vintni ulovchi kabel diskovodlarni ulash kabelidan farqli. Ko’p xollarda vaqt
kabelida razemlar uchli razyom bo’ladi. Bundan tashqari 20- kontaktli razemlari ikkita
komplektda bo’lib bittasi S uchun, ikkinchisi D uchun qo’llaniladi. S vint uchun nomeri
kichik bo’lishi yaoni J2 bo’lib J3 emas. SHu kabi D disk uchun xam. Kabellarni vinchesterga
ulashda kabel razemidjagi nomer yoki ranga e’tibor berish kerak.Interfeys IDE (Integrated
Drive Electronics-elektronika ulanishida ulagich) sodda va qimmat bo’lmagan RS AT ni
interfeysidir. Uni asosiy funksiyasi programmali informatsiya almashinivini
taominlashdir.Vinchesterlarda odatda xotirlash xajmi juda katta. BIOS xam xajmini million
baytlarda beradi. Boshqalar esa Megabaytlarda. Masalan 540 000 000 bayt=527 343
Kilobayt=514 Megabayt deb yozsa xam BIOS 514 Mbayt deb aniqlaydi.IDE qurilma kabeli
ikkita qurilmada ishlaydi. Birinchisi Master (MA)-asosiy, ikkinchisi Slave (SL)-qo’shimcha,
yoki ikkinchi. Agar kabelda bitta vint bo’lsa uni Master deb tushiniladi.Vinchesterlarni
Komppyuterga qo’yilganda ularni ulash kabelidan tashqari, ulardagi peremichkalar xam
axamiyatga ega. Vinchesterni Slave yoki Master ekanligini undagi peremichkalardan
foydalanib belgilab qo’yish mumkin.
Vinchesterda ikki darajadagi formatlanish mavjud: past va yuqori. Past darajadagi
formatlanishda magnit diskni yo’laklar va sektorlar soni belgilanadi xolos. YUqori
darajadagi formatlanish DOS orqali amalga oshirilib, yo’laklar va sektorlar normal xoldaligi
tekshirilib DOS bilan ishlashga tayyor xolatga keltiriladi. Past darajadagi formatlanish
asosan tayyorlovchi zavod tamonidan amalga oshiriladi. Agar u formatlanmagan bo’lsa
formatlash uchun maxsus programmadan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: