- mutaxassislik kodi;
- yo‘nalish kodi;
- ta’lim sohasi kodi;
- bilim sohasi kodi;
-ta’lim dasturlari bosqichi
kodi;
Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari
bakalavriat yo‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida — 5A
(raqam va harf) bilan belgilangan. Masalan: bakalavrlar kodi 5140100, 5211300,
5520400 va hakozo; magistrlar 5A140101, 5A211301, 5A520403 va hakozo.
Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish tartibi. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kadrlar iste’molchilari
tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda
tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Yo‘nalish va mutaxassisliklar klassifikatorini o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish bo‘yicha takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda
mehnat bozorida mutaxassislarga bo‘lgan istiqbol ehtiyojini asoslash;
bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining malaka
talablari, o‘quv rejasi loyihalari va boshqa o‘ziga xos belgilari;
yangi yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy-pedagogik va moddiy-
texnik ta’minoti mavjudligini asoslash.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining etalonini
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi olib boradi.
Mazkur klassifikator tayyorlov yo’nalashlarining nomlari va kodlari, oliy
ta’lim muassasalarida kasblar va ixtisosliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni
belgilaydi.
Amaldagi Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida 182
ta ta’lim yo‘nalishlari va 434 ta mutaxassisliklar mavjud bo‘lib, ular bilim sohalari
bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan (2.1-jadval).
2.1-jadval
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini
bilim sohalari bo‘yicha taqsimlanishi
Bilim sohalari nomi
Bilimlar sohasi bo‘yicha ta’lim
yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
Bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari soni
Magistratura
mutaxassisliklari soni
5-bosqich
5A-bosqich
Gumanitar soha
59
113
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
25
60
Ishlab chiqarish-texnik soha
59
154
Qishloq va suv xo‘jaligi
19
47
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
9
43
Xizmatlar sohasi
11
17
Jami
182
434
Oliy ta’limning tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat
klassifikatori respublikaning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish istiqbollari mutaxasis
tayyorlashda iqtisodiyot tarmoqlarining talab va extiyojlarini xisobga olgan xolda
qayta ko’rib chiqildi va takomillashtirildi.
Oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari - ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash, o‘quv reja va fan
dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
Oliy ta’lim muassasasi muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda malaka talab asosida o‘quv reja va fan
dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari:
mazkur ta’lim yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha
yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish,
samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining
professor - o‘qituvchilari;
ta’lim yo‘nalishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha
o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va
talabalari;
o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob
beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar,
o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi
Davlat attestatsiya komissiyalari;
oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli
Davlat organlari;
ta’lim yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan abiturientlar
va boshqa manfaatdorlar.
Muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining
turlari:
ilmiy-tadqiqot;
tashkiliy-boshqaruv;
loyiha – izlanish;
ishlab chiqarish, texnologik;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida
pedagogik faoliyat;
turli xizmatlar ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari,
kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy
faoliyat turlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Ta’lim yo‘nalishi uchun malaka talablarida quyidagilar o‘z aksini
topgan:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasnifi;
qo‘llanish sohasi;
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tasnifi;
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga
qo‘yiladigan umumiy talablar;
bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga
qo‘yiladigan malaka talablari;
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va fan dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan
umumiy talablar;
ta’lim yo‘nalishi o‘quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan
umumiy talablar;
malakaviy amaliyotga qo‘yiladigan talablar;
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi yuklama hajmi;
malaka talablarining amal qilish muddati.
Magistratura mutaxassisligining malaka talablari. Oliy ta’limning
malaka talablari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash, o‘quv
reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini
ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar
tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda ushbu malaka talablari asosida tayyorlangan
o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari:
mazkur ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha fan,
texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan
dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun
mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari;
ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklarning o‘quv reja va fan
dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga
oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob
beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar,
o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi
Davlat attestatsiya komissiyalari;
oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli
Davlat organlari;
ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklardan birini ixtiyoriy
tanlash huquqiga ega bo‘lgan bakalavrlar, ota-onalar va boshqa manfaatdorlar.
Mutaxassislik bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
ilmiy-tadqiqot faoliyati;
ishlab chiqarish faoliyati;
tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-
pedagogik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik
faoliyat;
konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Mutaxassislik bo‘yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining
muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda
oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.
2.3. O’quv reja va ishchi o’quv reja.
Ta’lim
muassasalarida
ta’lim-tarbiya
jarayonini
tashkil
etishni
rejalashtiruvchi, asosiy xujjat - o’quv rejalari hisoblanadi.
O‘quv rejasi - ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fan, ularning bo‘limlari,
o‘qitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida o‘qitilishi, ularning o‘quv yili
va haftasida qancha miqdorda o‘tilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy
pedagogik hujjat. O‘zbekistonda o‘quv rejasi tegishli vazirlik tomonidan
tasdiqlanadi. Bir tipdagi ta’lim muassasalari uchun o‘quv rejasi yagona va
majburiydir. SHu bilan birga, har bir ta’lim muassasasi o‘quv rejasini belgilangan
miqdorda o‘zgartirishi mumkin. o‘quv rejasi O‘quv rejasining umumiy va
majburiyligi ta’lim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha
a’zolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga
qaratilganligi uchun ham o‘quv rejasida ta’limning insonparvarlashuviga alohida
e’tibor berilgan. O‘quv rejasi muayyan qismlardan iborat bo‘lib, ularda ta’lim
muassasasi talabasi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim bo‘lgan
ilmiy, ma’naviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy ko‘nikma va malakalar hisobga
olingan.
O’quv rejalari ikki turga bo’linadi: namunaviy va ishchi o’quv rejalar.
Namunaviy o’quv reja – oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim
yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o’rnatilgan tartibda Davlat
ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli
kafedrasining yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan turdosh oliy ta’lim
muassasalarining shu soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarini hamda
kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan me’yoriy huquqiy
xujjatdir.
Ishchi o’quv reja - oliy ta’lim muassasasining aniq bir ta’lim yo’nalishi
yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o’quv reja asosida har o’quv
yili uchun ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda OTMning rektori tomonidan
tasdiqlanadigan o’quv jarayonining asosiy me’yoriy hujjatidir.
O’quv rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi:
1. Tayyorlov yo’nalshi (ixtisoslik) 5 kodi va uning nomlanishi, o’qish muddati,
o’qishni tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi.
O’quv reja - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha
o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari, kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning
izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy xujjatdir.
2. Ta’lim shakli.
3. O’quv davrining taqsimoti (jadvali).
4. O’quv jarayonining rejasi.
6.1.O’rganiladigan o’quv predmetlari.
6.2. Har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori.
6.3. O’rganish uchun ajratilgan vaqtni – nazariy, amaliy va tajriba
mashg’ulotlari, seminarlar, kurs ishlari va mustaqil ta’limga qanday miqdorda
taqsimlanganligi.
6.4. O’quv predmetini qaysi kurs, semestrlarda, haftasiga qancha soatdan
o’rganish tartibi.
7. Davlat Attestatsiyasi.
8. Tanlov fanlarinig ro’yxati
9. Izohlar
O’quv
rejalarini
ishlab
chiqishda
bo’lg’usi
mutaxassislarda
shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o’rganilayotgan o’quv fanlari
miqdoriga va o’rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborda tutmoq lozim.
Bo’lg’usi mutaxasislarning bilim va ko’nikmalarining shakllanishini, har bir fanni
bosqichma – bosqich chuqur o’rganishlari, qulay va muhimligini ham nazarda
tutishi kerak bo’ladi.
O’quv rejasini ishlab chiqishdagi eng muhim masalalardan biri o’rganilishi
lozim bo’lgan fanlarni aniqlashdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish
mazmunini aniqlash, odatda, amaliy tajribalar asosida hal qilinadi.
O’qitish mazmunini aniqlashda, asosan, oliy ta’lim tizimi oldida turgan
asosiy vazifaga - doimo o’sib borayotgan ishlab chiqarish sharoitida faoliyat olib
borishga qobil malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash vazifasiga
asoslaniladi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalariga
qo‘yiladigan umumiy talablar:
Bakalavriatda o‘quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga
olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini
o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur:
gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy;
umumkasbiy fanlar;
ixtisoslik fanlari;
qo‘shimcha fanlar.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta’lim
muassasalari yoki ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha boshqa fanlar
bloklari belgilanishi mumkin.
Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o‘tilishi
nazarda tutilishi shart.
O‘quv rejalar majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan
fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarini o‘zlashtirishda talabalarning
o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim
olishi nazarda tutilishi lozim.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda
yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.
Bakalavriat o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |