Fanni o’rganish vaqida o’tkaziladigan mashqlar majmui yaxshilab
o’ylangan,
pedagogik asoslangan tizim bo’lishi kerak. Mashqlar tizimi, avvalo, ulariing qat’iy
izchilligini ko’zda tutadi. Har bir yangi ko’nikma, yangi malaka musthkam asosda
rivojlanib, o’quv fani tizimiga kiritilgan taqdirdagina oson hosil qilinadi. Ishning
har bir yangi turiga talabalar o’zlarining bundan oldingi faoliyati bilan tayyorgarlik
ko’radi. Mashqlar tizimi murakkabligi va bu mashqlarni bajarishda talabalarning
mustaqillik darajasi sekin-asta ortib boradigan qilib tuzilishi lozim.
Talabalarning mustaqillik darajasini sekin-asta oshirib boruvchi mashqlarni
tanlashda, ularning xilma-xil bo’lishi kerakligini ham esdan chiqarmaslik zarur. Bu
hol, bir tomondan, talabalarning qiziqishini so’ndirmaslik uchun, ikkinchi
tomondan, talabalarni o’z bilimlarini har xil sharoitda tatbiq etish usullariga
o’rgatish uchun muhimdir.
Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirishning hamda mashqlar jarayonida
uquv va malakalar hosil qilishning samaradorligi mashqlarning soniga, ularni
o’kazish tizimliligi va muntazamligiga, shuningdek, vaqt jihatidan taqsimlanishiga
bog’liq. Vaqt jihatidan taqsimlanishi esa, o’z navbatida, o’rganiladigan
materialning xarakteriga bog’liq. Tarkibida asosiy masalalar bo’lgan, mavzu yoki
fanning asosiy qonun-qoidalarini aks ettiradigan material puxta mustahkamlanishi
kerak, bu esa bilimlarniig bundn keyingi o’zlashtirilishiga ishonchli asos bo’ladi.
O’rganish vaqtida talabalar qiynaladigan va tipik xatolarga yo’l qo’yadigan
materialga oid mashqlar tez-tez va ko’p o’tkazilishi darkor. Ammo boshqa hollarda
ham, o’rganiladigan materialning muhimligi hamda murakkabligiga qaramay,
mashqlar o’quv ishining majburiy elementi bo’lishi, tizimli va muntazam ravishda
har qaysi darsda o’tkazilishi lozim. Bu esa talabalarning ish sohasidagi mehnatida
muayyan uslub yaratadi, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta hamda tizimli
o’zlashtirishiga yordam beradi. Bir tipdagi mashqlar o’tkazishda avval ularni tez-
tez, keyin siyrakroq takrorlash zarur. O’rganilgan material
esdan chiqib qolishining
oldini olish va uni yanada mustakamlash maqsdida, bundan keyingi mashqlarga
uni tadbiq etishga oid topshiriqlar kiritib turish zarurki, bu mashqlarda yangi
topshiriqlar asosiy bo’lib qoladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, fanlararo bog’lanishlarning tiplaridan biri -
talabalarda hosil qilinayotgap uquvlar bo’yicha bog’lanishdir. SHunga asoslanib,
mashqlar o’tkazishda
talabalarda fanlararo xarakterdagi ko’nikmalar - o’z ishini
rejalashtirish ko’nikmalari, umumiy xarakterdagi intellektual va amaliy
ko’nikmalar, kitob bilan ishlash ko’nikmalari, tashkil etish ko’nikmalari hosil
qilishga alohida e’tibor berish zarur. Bu hol talabalarning bir fanni o’rganishda
orttirgan bilim va ko’nikmalarini boshqa fanlardan qilinadigan ishga ko’chirishga
yordam beradi.
5.5. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni
egallashga o’rgatib kelingan. Bunday metod talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy
izlanish, tashabbuskorlikni so’ndiradi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar (innovatsion pedagogik
texnologiyalar)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan
qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormokda. Innavatsion texnologiyalar
qo’llanilgan mashg’ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib
topishlariga, mustakil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari
keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning
rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi,
shu bilan
bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: