3-MAVZU: BIZNES MULOQOT SHAKLLARI
1- topshiriq. Matnni o’qing. Matndagi ma’lumotlar asosida BBB jadvalini
to’liring.
Ko’pchilikka o’z maqsadingizni tushuntirishda
alohida ahamiyat berishingiz ma’qul bo’ladi.
quyidagilarga
1.
O’z
chiqishlaringizni
shunday
tashkil
qilingki, hamma
ishtirokchilar «Men buni xoxlaymanmi?» va «Men buni uddalay olamanmi?»
- degan savollarga to’la javob bera olishsin. Lekin bunda juda ham tugal
ma’lumot bermang va o’z obru-e’tiboringizga urg’u berish bilan Siz
bilan
muloqot qiluvchilarni noqulay ahvolga solib qo’ymang. Hamma ham Siz
singari bilimli va omadli bo’lish mumkinligini his qilsin hamda «Men shubhasiz
buni qila olaman!» degan qat’iy xulosaga kelsin.
2. Chiqish juda ham uzoq vaqt davom etishi maqsadga muvofiq emas,
uning Sizdan ma’ruza eshituvchilar kutgan vaqt xajmida tashkil etilishi maqsadga
muvofiq. Agar buning iloji bo’lmay qolsa, 25-30 daqiqalik ma’ruza qilgan
ma’qul. Ko’p vaqt davom etgan tadbir insonni charchatib, uning ma’lumotni
to’g’ri qabul qilishiga mone’lik qiladi.
3. O’z chiqishlaringizni quyidagi reja asosida uyushtiring.
-
Kirish
- Nima to’g’risida gapirishingiz kerakligi xaqida so’zlab bering
- Asosiy qismda kerakli ma’lumotni bering
- Xulosa qismi
- Nega bu xaqda gapirganingizni tushuntirib bering.
4. Doimo ma’ruzangizning asosiy maqsadini nazardan qochirmang.
5. Birinchi o’n daqiqada yangi ma’lumotlar va fikrlar bering, keyingi o’n
daqiqadabuma’lumotlarbilanbog’liqyaxshivayomon
imkoniyatlarni/sharoitlarni tushuntirib, uni Sizni eshituvchilar qiziqishlari bilan
solishtiring. Oxirgi o’n daqiqada yuqorida gapirganlaringizdan hulosa chiqaring
va xodisalarning keyinchalik rivojlanish yo’nalishlarini ko’rsating.
6. Hulosa sifatida, albatta, tinglovchilardan nima xoxlayotganligingizni
eslatib qo’yishni yoddan chiqarmang.
7. Qog’ozga/daftarga/kitobga qaramasdan gapiring. Agar texnik
imkoniyatlar bo’lsa, kompyuter prezentatsiyasidan foydalaning.
8. Ko’proq «Siz» va «Bizlar» deb gapiring, «Men» ni kamroq ishlating.
9. Esingizda qolsin - ommaviy chiqishingizning taxminan 90 foizi
o’zingizning kimligingiz xaqida ommaga ma’lumot berishdir. Chiqishingiz
muvaffaqiyatining faqatgina 10 foizga yaqinigina
Sizning gapirayotgan
gapingiz ma’nosi bilan bog’liq, 40 foizi esa ovozingiz, intonatsiya va ritmingiz
bilan va nihoyat 50 foizi gavda harakatingiz (ya’ni, bosh harakati, qo’l va oyoq
harakati, ko’zlar xolati) bilan aniqlanadi.
10. Gapirayotganda intonatsiyani va jestikulyatsiyani (
qo’l va tana
harakatlarini) asosiy fikrga urg’u
berish uchun ishlatishga harakat qiling.
11. Auditoriyada ko’proq harakat qiling, jonsiz
predmetday sahnada
qotib turmang.
12. Ma’ruzangizda vizual qo’llanmalarni ishlatishga harakat qiling.
Masalan, chizmalarni, grafiklarni, plakatlarni, oddiy va multimedia slaydlarni,
video va audio materiallarni ishlatish yaxshi natijalarga olib keladi. Lekin
ularning ishlatilishini xonaning katta-kichikligi va odamlar soni bilan mutanosib
ravishda amalga oshiring.
13. Quyidagi qoidani ishlatishingiz mumkin: «Har bir asosiy fikrga bitta
ko’rsatuv».
14. Menga hech kim bermaydi deb o’ylagan savollaringizga albatta
javob tayyorlab keling.
15. Agar berilgan savolga javobni bilmasangiz, uni bilaman deb
ko’rsatishga harakat qilmang. O’ylab ko’rib, ma’nosiga etganingizdan so’ng,
javob berishingiz haqida va’da bering yoki «Javobni quyidagi sabablarga ko’ra
bilmayman» deb rostini ayting. Oxirida o’z fikringizning qanday ekanligni
quyidagicha tarzda qo’shib qo’ysangiz ham bo’ladi. «Lekin men bu haqda
quyidagilarni ayta olaman .........”
.
16. Ma’ruzangiz rejasini tuzing va ommaviy chiqishdan oldin uni biror-
bir kimsaga ko’rsating.
17. O’z ma’ruzangizni video/audio kassetaga yoki diskka yozib oling va
uni tanqidiy/kritik nuqtai-nazardan qayta ko’rib chiqing.
18. Ma’ruzadan oldin juda ham to’yib ovqat emang.